Shtativ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shtativ (lot. tik turuvchi, qoʻzgʻalmas) — foto yoki kinosuratga olish paytida fotoapparat va kinoapparatni; geodezik, astronomik va boshqalar asboblarni ishlatish paytida oʻrnatib qoʻyiladigan qurilma. Eng keng tarqalgan Sh. metall yoki yogʻochdan yasaladigan uch oyokli kerma qurilma. Unda asboblarni oʻrnatish va mahkamlash moslamalari boʻladi, uni pastbaland qilib qoʻyish mumkin. Kichikroq qoʻl kinoapparatlarida kinosuratga olish uchun operatorning yelkasiga kiydirilganda yelka Sh.lari ham bor. Fotoapparatni stul suyanchigʻiga, stol chetiga va boshqalar tik turadigan mustahkam narsalarga mahkamlash uchun moʻljallangan moslama (strubsina) ham Sh. vazifasini oʻtaydi.