Rixard Shreder

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shreder Rixard Rixardovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shreder Rixard Rixardovich (1867.15.10, Moskva 1944.27.4, Toshkent) — qishloq xoʻjaligi sohasidagi olim, VASXNIL akad. (1935), Oʻzbekiston FA akad. (1943), prof. (1918), qishloq xoʻjaligi fanlari d-ri (1936), Mehnat Qahramoni (1927). Moskva untining fizika matematika fakultetini (1891) va Petrovsk qishloq xoʻjaligi akademiyasini tugatgan (1894), shu yerda xususiy dehqonchilik kafedrasida assistent (1895-1900). Germaniya, Shveysariyada malaka oshirgan (1900-02), 1902 yildan umrining oxirigacha Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (hozirgi akad. R.R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti) rahbari. Turkiston qishloq xoʻjaligi jamiyati prezidenti (1904—18). Turkiston xalq untini tashkil etishda faol qatnashgan (1918), Oʻrta Osiyo unti qishloq xoʻjaligi fakultetining birinchi dekani va prof. Sh. rahbarligida gʻoʻza, don, meva, rezavormeva, sabzavot ekinlari, pillachilik va boshqalar sohalarda keng qamrovli tadqiqotlar olib borildi, ayniqsa, bogʻdorchilikka katta ahamiyat berildi. Kuzgi bugʻdoyning "Qora kaltak" yoki №584 navini, gʻoʻzaning oʻz davrida mashhur, tezpishar №1306 yoki "Shreder" navini yaratgan. Mevali oʻsimliklar kolleksiyasini tashkil etib, olma, nok va boshqalarning 200 dan ortiq navini oʻrgangan. Uning ishini keyinchalik oʻgʻli A.G. Shreder (Argus, Toshkent borovinkasi, Toshkent kalvili, Pskent olmasi va boshqalar navlari yaratgan), nabirasi Ye.A. Shreder (Choʻlpon, Goʻzal, Oltin olma va boshqalar navlar muallifi) davom ettirdi. Intda chiqarilgan serhosil uzum ("Shreder ertagisi"), qulupnay ("Shreder xotirasi"), olma ("Shreder reneti") navlari uning nomi bilan atalgan. Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish intining 100 yilligi munosabati bilan institut markaziy binosi oldida bronza byusti oʻrnatilgan (2001). "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2004).

Manbalar[tahrir]

  • Deyatelnost Turkestanskoy selskoxozyaystvennoy stansii po polevodstvu, v chastnosti, po xlopkovodstvu. Pravleniye zemleustroystva i zemledeliya, T., 1913; Kultura xlopchatnika v Sredney Azii, M., 1925.

Adabiyot[tahrir]

  • Trudi plodoyagodnogo instituta im. akad. R.R. Shredera, vsh. 18 (18981948), T, 1950; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983.