Shprotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shprotlar — seldsimonlar oilasining bir urugʻi. 6 tacha turi bor. Uzunligi 17—18 sm, dimogʻ suyagida tishlari yoʻq, qorin suzgichlari bir oz oldinda, koʻkrak suzgichi esa ancha keyinda joylashgan. Boltiq, Oʻrta va Qora dengizlarda Yevropa shproti keng tarqalgan. Uvildirigʻini yanvar—iyul oylarida qirgʻoq yaqiniga, 50—100 m chuqurlikka, suv harorati 16—17° boʻlgan joylarga tashlaydi. Mayda plankton bilan oziqlanadi. Umri qisqa, 3—4 yil yashaydi. Sh. baʼzan kilkalar deb ham ataladi.