Tuygʻun Shorahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuygʻun Shonazirovich Shorahimov (1939.20.4, Toshkent) — teatr rassomi, Qoraqalpogʻiston (1973) va Oʻzbekiston (1983)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Rassomlik sanʼati sirlarini otasi Shonazir Shorahimovdan oʻrgangan. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1957). 1957-yildan Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida rassom; 1960-yildan Navoiy teatrida rassom, 1973—96 yillar bosh rassom. Shorahimov spektakllarning asar ruhiga mos, uning gʻoyasini tomoshabinga yetkazib beradigan sahnaviy koʻrinishlarini yaratdi: Navoiy teatrining opera ("Monastirda oʻqilgan nikoh", "Yoriltosh", "Layli va Majnun", "Zebunniso", "Yevgeniy Onegin" va boshqalar) hamda balet ("Boqchasaroy favvorasi", "Momaqaldiroq yoʻli", "Don Kixot", "Sevgi va shamshir", "Rustam haqida doston", "Doktor Voyjonim" va boshqalar) spektakllari.’ Shorahimov, shuningdek, Qarshi ("Hamza"), Toshkent (Hamza teatrining "Alisher Navoiy"; Yosh tomoshabinlar teatrining "Toshkent — non shahri"), Buxoro ("Ibn Sino") kabi respublika teatrlarining bir qator spektakllarini badiiy bezadi.