Shotut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shomtutdan yoʻnaltirildi)

Shotut, shohtut, shomtut — tutdoshlarga mansub daraxt. Tutning bir turi. Oʻzbekistonda qadimdan ekib koʻpaytiryladi. Boshqa tutlarga nisbatan sekin oʻsadi. Boʻyi 8—10 m. Sadasimon, bargi yirik, yuraksimon, yaxlit yoki kertikli, cheti yirik arra tishli, dagʻal, qalin, orqasi tukli, gullari ikki jinsli. Mevasi toʻq qizil, qora, sershira (shirin-nordon), xushboʻy, shifobaxsh, bandidan qiyin uziladi. Tarkibida 25 — 27% qand, shuningdek, turli vitaminlar va mineral moddalar bor. Sh. yorugʻsevar, namsevar, sovuqqa chidamli daraxt. Bahorda kechroq uygʻonadi. Mevasi yangiligidan yeyiladi, quritiladi, murabbo, shinni, kompot qilinadi. Ikki yillik koʻchatlari bogʻhovlilarga ekiladi. Dastlabki yillari bahorda butab shakl beriladi. 4—5 yoshdan hos.ilga kiradi. Iyundansent.gacha pishib yetiladi. Barg qaynatmasi va mevasi xalq tabobatida qon bosimini pasaytiruvchi, murtak bezlari, milk kasalliklarida davo vositasi sifatida ishlatiladi. Sh. urugʻdan chiqqan tut niholiga payvand qilib koʻpaytiriladi. Yogʻochi duradgorlik, beshikchilik va mebelsozlikda ishlatiladi.