Nasriddin Shomatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nasriddin Mirahmedovich Shomatov (1915.22.9, Toshkent viloyati Piskent tumani — 1987.3.10, Toshkent) — travmatologortoped, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari doktori (1959), professor (1960). Toshkent tibbiyot akademiyasi pediatriya fakultetini tugatgach (1938), Respublika suyak sili bolalar sanatoriysida vrach, boʻlim mudiri (1938—39). Urush qatnashchisi (1939—46), Oʻzbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutida vrachordinator (1946), ortopediya boʻlimida kichik xodim (1947), institut direktori (1948-52; 1966—81), bolalar ortopediya boʻlimi mudiri (1953—56). Moskvadagi 2-tibbiyot institutida doktorant (1956— 59), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti travmatologiyaortopediya kafedrasi mudiri (1960—75). Ilmiy ishlari kesilgan oyoq faoliyatini tiklash, maymoqlik, umurtqa pogʻonasining qiyshayishi, bolalarda yonbosh suyagining tugʻma chiqishi, qiyshiq boʻyin va boshqalarni aniqlash va davolash usullariga oid.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kostnoplasticheskiy sposob amputatsii konechnostey, T., 1957; Perelomm kostey i sposobn stimulyatsii ix konsolidatsii. T., 1965; Vosstanovitelnaya xirurgiya ojogovmx deformatsiy konechnostey (hamkorlikda), T., 1978.