Shohmurod (Buxoro amiri)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1428 — 1468 Abdulxayr
1501 — 1510 Muhammad Shayboniy
1510 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1539 Ubaydulla I
1539 — 1540 Abdulla I
1540 — 1552 Abdullatif
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1556 — 1583 Pirmuhammad
1583 — 1598 Abdulla II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy Otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1861 Nasrulla
1861 — 1885 Muzaffaruddin
1885 — 1911 Said Abdulahad
1911 — 1919 Said Olim

Amir Shohmurod — mangʻitlar sulolasidan boʻlgan Buxoro amiri (17851800-yillar).

Yoshligidan xudojoʻy, porso bo‘lib o‘sgan. Madrasani bitirib darvishlik suluki soliqlaridan biriga aylanadi. Shuning uchun xalq uni hurmat bilan «amiri maʼsum» (begunoh amir) deb ataydi. Shohmurod darvishona hayot kechirar edi. Pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratgan. Uning xalq orasida obro‘si katta bo‘lganligi uchun Doniyolbiy uni o‘ziga valiahd etib tayinlashga majbur bo‘lgan. O‘n ikki nafar ukalaridan birortasi ham Shohmurodni yoqtirmas edi. Amirlik taxtiga chiqqach (1785), ukalarining har biriga bittadan viloyat hokimligini topshiradi.

Hokimiyat tepasiga kelgach, zolim qushbegi va qozikalon Nizomiddinni qatl ettiradi. Harbiy ishlar, qozilik ishlarini shariat qonunlari asosida tashkil qiladi. Hokimiyat boshqarish tartiblarini isloh qilib, siyosiy tarqoqlikka barham beradi. Shohmurod o‘z faoliyatida ommaga tayanib ish tutgan. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. O‘zi ham nihoyatda kamtarin hayot kechirgan. Jumladan, bir yilda bir olacha chopon, bir bo‘z ko‘ylak kiygan. Boshiga olti gazli bo‘z salla, oyog‘iga echki terisidan tikilgan saxtiyon mahsi hamda kovush kiygan. Marv yaqinida Islomobod shahrini qurdirgan. XVIII asrning 20-yillarida boshlangan o‘zaro kurashlar natijasida Samarqand talangan, vayrona holiga tushib qolgan edi. Amir Shohmurod esa ko‘plab quruvchi, koshinpaz va naqqosh ustalarni tevarak atrofdan olib keltirib, Samarqand shahrini qayta tiklashni buyurdi. Qayta qurilajak shahar tarhini Amir Shohmurodning o‘zi chizib bergan.

Amir Shohmurod bundan tashqari, G‘uzor tumanida madrasa va masjid qurdirgan. Shahar markazida olti qirrali Chorsu qurilib, «Toqi musaddas» deb atalgan. Samarqandning har bir madrasasiga imom, muazzin, mudarrislarni Shohmurodning o‘zi tayinlagan. Talabalar va mudarrislarning maoshi uchun vaqf yerlari va mulklar ajratgan.Amir Shohmurod ba‘zi islohatlar o‘tkazib davlatni mustahkamlashga erishdi: Boj va xirojdan boshqa barcha soliqlarni kamaytirdi. Otasi Doniyolbiy davrida joriy etilgan turli soliqlarni bekor qilgan. Rais mansabini va qo‘shin tarkibida qozi askarlavozimini joriy qildi. Otasi davrida qisqartirilgan vaqf yerlari miqdorini oshirdi.Bu bilan islom ruhoniylari e‘tiborini qozondi. Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohati muhim ahamiyat kesb etdi: Shohmurod sof kumushdan tanga zarb qilishni buyurdi. Kimning kumushi(nuqrasi) bo‘lsa, zarbxonaga topshirib, evaziga yangi tangalar — pul olishi mumkin edi.ilgari zarb qilingan tangalar bekor qilindi. Yangi pul tijorat ishlari rivojiga yo‘l ochib berdi. Barcha viloyatlarga yangi hokimlar tayin qildi, har shahar va qishloqqa qozi tayinladi. Bu bilan hokimlar o‘z boshimchaligiga barham berdi. Shohmurodning o‘zi qozilarga dastur bo‘ladigan fiqh haqida «Ayn ul-hikmat» nomli risola yozdi va ilgari surulgan qoidalarni barcha viloyatlarga joriy qildi. Shohmurod joriy qilgan qonun bo‘yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa jamiyatdagi martabasidan qat‘i nazar qattiq jazoga tortilishi lozim edi. Bu tadbir xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi. Shariat qonunlarini amalga tadbiq etish maqsadida raislik (muhtasib) mansabini joriy qildi.

Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishini karvon yo‘llarining xatarsizligini taʼminladi. Pul islohoti esa tijorat ravnaqiga sabab bo‘ldi. Zarafshon vodiysi, Amudaryo havzasi va Qashqadaryo vohasi qadimgidek obod bo‘ldi. Davlat mablagi hisobidan anhorlar chiqarilib, tashlandiq yerlar obod etildi. Natijada, davlat xazinasida tushum ko‘paydi. Amir Shohmurod 17891790-yillari Marvda o‘z hokimiyatini o‘rnatib, marvliklarning bir necha o‘n minglik kishini Samarqand va Buxoroga ko‘chirtiradi. Shundan so‘ng, eskidan Samarqand yoki Buxoro (yaʼni poytaxt maʼnosida) izmida bo‘lib kelgan Balx, Maymana, Andxud kabi viloyatlarni ham qaytarib olish payiga tushadi. Ammo bu oson emas edi. Zero, 1747-yildan boshlab Balx, Badaxshon, Andxud, Maymana, Sharqiy Seiston, Balujiston, Sind, Kashmir, Panjob kabi viloyatlarni o‘z tasarrufiga olgan Afg‘oniston hududida tashkil topgan durroniylar sulolasi namoyondasi Temurshoh ham bo‘sh keladiganlardan emas edi. Xullas, o‘zaro kurashlar qattiq bo‘lsada sezilarli natija chiqmagan. Buxoro xonligini birlashtirish va markazlashtirish uchun kurashni davom ettirgan. Mang‘itlar sulolasining namoyandasi bo‘lgan Shohmurod Buxoroda (1785-yilda) xalq qo‘zg‘olonidan keyin taxtga o‘tirib, hokimiyatni o‘z qoliga olgan. Shohmurod qo‘zg‘olonni bostirish uchun Buxoro aholisiga yon berishga majbur bo‘ldi: u shahar aholisiga tantanali ravishda Tarxon yotrlig‘I topshirdi. U muoliyaviy, maʼmuriy, harbiy va sud islohotlarini o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Pul muomalasida, soliq ishida sud va maʼmuriy boshqaruv ishlarida maʼlum tartib o‘rnatishda hamda savdogarlarni va hunarmand kosiblarni o‘zlarining mulklariga feodallar tomonidan qilinayotgan Taaddiylardan birmuncha qutqarish orqali davlat hokimiyatini mustahkamlashga intildi. Nomiga xon qilib ko‘tarilgan Abdulg‘ozi nomidan 1785-yilda Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti ilgarigi qadri past tangalardan tashqi ko‘rinishi boshqacha bo‘lgan kichikroq va vazni kamroq bo‘lgan to‘la qimmatli kumush tangalarni chuqarishdan iborat bo‘ldi.shu bilan bir vaqtda, u bemalol tanga zarb ettirish sestemasini joriy etdi. Shohmurodning bu islohoti XVII—XVIII asrlarda pul muomalasiga ko‘p putur yetkazgan chayqovchilikka va tangalarni buzishga yo‘l qo‘ymasligi lozim edi. Shariatga to‘g‘ri kelmaydigan yorg‘u, boj, tarx, tushmol, yasoq, oliq va soliq deb ataladigan bir necha soliqlarni, shuningdek, ilgarigi xonlar hunarmandlardan olishga odatlanib qolgan o‘lponlarini va ularga yuklayotgan tekin mehnat majburiyatlarni bekor qildi.Biroq, darobmadlar kamayib ketgankigi va katta qo‘shin saqlab turish zarur bo‘lib qolganligi buni aholidan « Jul» deb atalgan va shariatga also taʼluqli bo‘lmagan pul solig‘ini tez olib turishga majbur bo‘ldi. Shohmurod maʼmuriy islohotni buxoroning oliy amaldorlari Davlatqushbegini va Nizomiddin qozikalonni o‘z qo‘li bilan qatl etishdan boshladi. So‘ngra viloyatlarning beklari va qozilari olib tashlanib, ularning o‘rniga yangi amirning hamfikrlari tayinlanadi.

Havolalar[tahrir]


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Mangʻitlar sulolasi (1756-1920)

Muhammad Rahim 17561758
Doniyolbiy 17581785
Shohmurod 17851800
Haydar 18001826
Nasrullo 18261860
Muzaffar 18601885
Abdulahad 18851910
Olimxon 19101920