Shodmon Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Shodmon Umarov (1918.27.11, Qash qadaryo viloyati Kitob tumani Urus qishlogʻi — 1984.2.1, Toshkent) — 2 jahon urushi qatnashchisi. 1938-yildan armiya safida. Tbilisi piyoda askarlar bilim yurtini (1942) va harbiy akademiyani tugatgan. 1-Belorussiya fronti (Bryansk), 8-gvardiyachi armiyaning 90-88-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi 266-gvardiyachi oʻqchi polkida batalon komandiri. Polshaning Varta daryosidan kechib oʻtishda (1945.25.1)gi jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1945.24.3). Urushdan soʻng oʻqituvchi va Toshkent shahri fuqaro mudofaasi shtabi boshligʻi boʻlib ishlagan. Toshkent shahridagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]