Turkan ogʻo maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shodi Mulk Og'o Maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Turkan ogʻo maqbarasi

Turkan ogʻo maqbarasining (Shodimulk ogʻo) kirish qismi
Umumiy maʼlumot
Maqomi YuNESKOning Butunjahon merosi obyekti № 603
Turi Maqbara
Meʼmoriy uslubi Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Joylashuvi Samarqand, Oʻzbekiston
Manzili Shohi Zinda koʻchasi 1-uy
Texnik holati
Material Pishiq gʻisht
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Usta Zayniddin va Bahriddin
Map
Xoja Ahmad maqbarasining oʻrni xaritada

Turkan ogʻo maqbarasi, Shodimulk ogʻo maqbarasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1372). Shohizinda ansambli tarkibida. Amir Temurning opasi Turkan ogʻo vafot etgan qizi Shodimulk ogʻo (137071)ga atab qurdirgan[1]. 1383-yilda Turkan ogʻoning oʻzi ham qizi yoniga dafn etilgan. Maqbara (8,65x9,85 m) bir xonali, gumbazi qobirgʻali, tashqi tomonlari bezaksiz. Peshtogʻi va ichki tomoni sirkori gʻishtchalar, oʻymakor sirli parchin bezaklari feruza rangda nafis bezatilgan. Ichkarisidagi izora va namoyonlari, gumbazi serhasham bezaklarga boy. Shipi 8 boʻlakka boʻlinib, 8 qirrali yulduzchalar ichi naqshlar bilan toʻldirilgan va har biriga alohida turunj ishlangan. Mukarnaslar yuzasi va peshtoq ustunida samarqandlik Shamsiddin, Badriddin va buxorolik Zayniddin ustalarning nomlari yozilgan. Maqbara 1954-yilda ilmiy oʻrganilib, taʼmirlash ishlari olib borilgan. Maqbarada XIVXV-asrlardagi xalq ustalarining meʼmorlik va naqqoshlikda erishgan yutuklari yuksak mahorat ila aks etgan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkan ogʻo maqbarasi Amir Temur tomonidan Shohizindada qurilgan birinchi inshoot hisoblanadi. 1371-yil 29-dekabrda 11 yoshida vafot etgan Shodimulk ogʻo maqbaraga dafn qilingan[2].

Maqbarada naqsh va yozuvlar bitilgan. Yozuvlarning birida shunday soʻzlar qayd etilgan:

Bu jannatiy bogʻdir va unda tolʼe xazinasi koʻmilgan. Bu qabrda qimmatbaho marvarid yashirilgan. Unda sarvqad nazokatli yotibdi, shu sababli bu joyni jannatga qiyoslash mumkin. Bu oʻliklar orasida garchi uning uzugida qudratlilik muhri boʻlsa-da, Sulaymonday odam gʻoyibga ravona boʻldi[3].

Ichki qismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shodi Mulk ogʻo maqbarasining ichki qismi dabdabali bezaklari bilan ajralib turadi. Poldan gumbaz qismiga qadar boʻyalgan mayolika va oʻyilgan sirlangan terakota bilan qoplangan. Mayolika koʻk rang bilan uygʻunlashgan. Maqbara tagida, yertoʻlada shimoldan janubga qarab choʻzilgan ikkita dafn xonasi (arxeologik jihatdan oʻrganilmagan) joylashgan. Biri, maqbara markazida, oʻlchamlari – 2,5×1,2 m; ikkinchisi, gʻarbiy devor yaqinida, oʻlchamlari – 1,5 × 3,6 m. Xonalarning balandligi taxminan 1,3-1,4 m[4]. Ichkariga kirilgandan soʻng yoʻl koridor boʻylab taxminan 1,2-1,5 m ga koʻtarilgan. Ichki qismga kiraverishda bino eshigida uch yoki toʻrtta zinapoya mavjud.

Bino ichki va tashqi tomondan sirkor gʻishtchalar, oʻymakor sirli parchinlar bilan yuqorida nomlari keltirilgan ustalar tomonidan jimjimador naqshli, serjilo feruza rangga moyil qilib bajarilganini P.Zohidov oʻz tadqiqotlarida maʼlum qiladi[5].

Shodimulk ogʻo maqbarasining peshtoqida joylashgan oʻymakor va sirkor naqshlar orasida binoni barpo etgan ustalarning nomlari „Amali ustod Shamsiddin“, „Amali ustod Badriddin“, „Amali Zayniddin binni Shamsiddin Buxoriy“ koʻrinishida saqlanib qolgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ансамбль мавзолеев Шахи-Зинда в Самарканде“. Qaraldi: 2-sentabr 2023-yil.
  2. Массон  М.Е. О  происхождении  мавзолея  Турканака в Самарканде. МИТАУ. Вып. 1. 1950 — 46-48 bet. 
  3. Шишкин В.А.. Надписи в ансамбле Шахи-Зинда. Зодчество Узбекистана” в II. Т. 1970 — 21 bet. 
  4. Н.Б.Немцова 2019, s. 183.
  5. Yaxyayev, Abdulla „Shohizinda majmuasi me’moriy bezaklarining umumiy ta’rifi“.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Н.Б.Немцова. Ансамбль Шахи-Зинда: история-археология-архитектура XI—XXI в. Самарканд 2019 — 184 bet. ISBN 978-9943-357-47-1. 

Массон  М.Е. О  происхождении  мавзолея  Турканака в Самарканде. МИТАУ. Вып. 1. 1950 — 46-48 bet.