Shoʻrtepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sho‘rtepadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shoʻrtepaoʻrta asrlar (78, qisman 1012 va 15alar)ga mansub arxeologik yodgorlik, koʻshkli qishloq xarobasi. Toshkentning shim.sharqiy qismida, Qorasuv anhoridan Tovkat arigʻi bosh olgʻan yerda joylashgan. Bal. 7 m li koʻshk va unga tutashgan qishloq xarobasining bir qismi saqlangan. 1887 yil N. P. Ostroumov tomonidan qayd etilib, qazishlar oʻtkazilgan. 1949 yilda I. Baishev va V. M. Masson kuzatishlar olib borgan. 1968 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi shahrida olib borgan qazishlari tufayli 78-asrlarga mansub moddiymadaniyat ashyolari bilan bir qatorda koʻshkning meʼmoriy va qurilish jihatlari aniqlangan. Sh. 8-asr boshlarida arab xalifaligi istilosi natijasida vayron boʻlib, ancha vaqt xaroba holida yotgan. 10—12-asrlar va 15-asrda shahrida hayot qisqa vaqt tiklangan. 1865 yil 9 may kuni shahrida Toshkent mudofaachilari bilan general Chernyayev boshliq rus qoʻshinlari oʻrtasida qattiq jang boʻlgan. Toshkentlik muarrix Muhammad Solih "Tarixi jadidai Toshkand" nomli asarida bu jang haqida mufassal bayon qilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Buryakov Yu.F., Kasnmov M. R., Rostovsev O.M., Arxeologicheskiye pamyatniki Tashkentskoy oblasti, T., 1973; Oʻrinboyev A., Boʻriyev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983.