Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sho‘rtan Gaz-Kimyo Majmuasidan yoʻnaltirildi)

Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi — Oʻzbekistondagi eng yirik gaz sanoati korxonalaridan biri. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi unitar shoʻba korxona. Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanidagi Shoʻrtan shaharchasida joylashgan. 150 ga dan ortiq maydonni egallaydi. Mahalliy konlardan olinadigan gazni qayta ishlab, organik sintez, polietilen, yoqilgʻi gazi, suyultirilgan gaz, gaz kondensati, donador oltingugurt, polietilen tagliklar, polietilen plenkalar ishlab chiqaradi.Mamlakatning eng yirik soliq toʻlovchi 20 ta korxonasidan biri (2020)

Umumiy ma'lumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoʻrtan GKM qurilishi 1998-yildan boshlangan. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasining mustaqillik yillarida amalga oshirgan eng yaxshi loyihalaridan va xalqaro hamkorlik mahsullaridan biridir. 2001-yilda ishga tushirildi. 2002-yil 15-avgustda birinchi polietilen olindi.

Majmua qurilishida AQShning "ABB Lummus Global", "Honeywell", Germaniyaning "Fisher", "Ermafa", Kanadaning "Nova Chemicals", Italiyaning "Renco", "ABB Soimi", Yaponiyaning "Mitsui", "Nisho Ivai", Fransiyaning "Upedex", Rossiyaning "Soyuzvneshtrans", VNIIGaz firma va kompaniyalari faol qatnashdi. Shuningdek, AQSH ning "Eksimbank", "Cheyz Manxetten Bank", Fransiyaning "Pariba", Germaniyaning "Kommersbank", Yaponiyaning "Eksimbank", "Germes" sugʻurta agentligi oʻz investitsiyalari bilan ishtirok etdi. Majmuaning texnologiya qismi gazni tozalash qurilmasi, polietilen granula (donacha)lari ishlab chiqaradigan zddan iborat.

Loyiha quvvatiga koʻra, majmua bir yilda 4,2 mlrd. m³gazni qayta ishlaydi, 125 ming t polietilen granulalari, 137 ming t suyultirilgan gaz, 103 ming t gaz kondensati, 4 ming t donador oltingugurt, shuningdek, 4,2 mlrd. m³tovar gaz (yoqilgʻi) ishlab chiqaradi. 2004-yilda 100 ming t polietilen, 85 ming t suyultirilgan gaz, 88 ming t gaz kondensati, 2,6 mlrd.m3tovar gaz, 100 t oltingugurt ishlab chiqarildi.

Majmua mahsulotining 60% dan ortigʻi xorij — Ukraina, Rossiya, Qozogʻiston, Boltiqboʻyi, Polsha, Vengriya, Avstriya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Xitoy va boshqalar mamlakatlarga eksport qilinadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu hududda gazning birinchi kashfiyoti 1953-yilda Amudaryo gaz-neft provinsiyasining shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan Setalantepa hududida amalga oshirilgan bo‘lib, bu atrofdagi hududlarda faol qidiruv ishlarini olib borish uchun qo‘shimcha turtki bo‘ldi. 1956-yilda havzadagi birinchi yirik kashfiyot gigant Gazli gaz konidir. Boshqalar, jumladan, Sho‘rtan gazi kashfiyoti asosan 1960—1970-yillarda amalga oshirilgan.

1970-yillardan boshlab Oʻzbekistonda yangi hududlarda prognoz qilinayotgan va murakkab geologik sharoitlari va vodorod sulfidili gazning ulkan zahiralari bilan ajralib turadigan konlarni oʻzlashtirishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Ular orasida Muborak va Sho'rtan konlari guruhlari bor.

1980-yillarda Sho‘rtan konida qo‘shimcha quduqlar ishga tushirildi, Sho‘rtan-Sirdaryo gaz quvuri qurildi. 1990-yillarning oxirigacha tabiiy gaz asosan Oʻzbekistondan eksport qilinar edi.

1996-yil 11-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ning "Polietilen mahsulotlari ishlab chiqaradigan Shoʻrtan gaz-kimyo majmui qurilishi toʻgʻrisida" gi 395-sonli Qarori qabul qilindi.

1998-yil 13-iyun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ning "Oʻzbekneftgaz korporatsiyasi markasiy apparati tarkibida Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida" gi 249-sonli Qarori qabul qilindi. Gʻuzorda majmua qurilishi boshlandi.

1998-yil fevral "Oʻzbekneftgaz" MXK ABB Lummus Global (AQSh), ABB Soimi (Italiya), Mitsui & Co, Toyo Engineering, Nisho Iwai Corp (Yaponiya) kompaniyalaridan iborat konsorsium bilan Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining texnologik qismini "foydalanishga tayyor holgacha" qurilishini amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati $500 mln. ni tashkil qiladi, bu mablagʻning taxminan yarmi xalqaro konsorsium ishtirokchilari tomonidan moliyalashtiriladi.

2001-yil 21-dekabr Majmuaning rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi. Marosimda oʻsha paytdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va yuqori darajadagi ishtirok etdi.

2002-yil 30-iyul kuni majmuada spesifikatsiyasiga koʻra birinchi polimer etileni olindi. Loyihalash paytida majmua yiliga 140 ming tonna etilen ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. 15-avgust kuni UzClear savdo belgisi ostidagi birinchi "oʻzbek" polietileni ishlab chiqarildi. Loyihalash paytida majmua yiliga 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.

2004-yil sentabr oyida AQShda "Mahsulot sifati uchun" mukofoti, Shveysariya (Jeneva shahri) da "Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va biznesda ajoyib koʻrsatkichi uchun" medali bilan taqdirlandi.

2005-yil Shahrisabz tumani Miraki qishlogʻida "Lochin" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi ishga tushirildi. Oromgohda neft-gaz tizimida ishlovchi xodimlarning farzandlari xordiq chiqaradi. Shu yili TUV CERT (Germaniya) sertifikatlashtirish tashkiloti yordamida korxonada ISO 9001:2000 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etildi va sertifikat olindi.

2006-yil Shoʻrtan GKM hisobidan Nishon tumani Nuriston shaharchasida "Erkatoy" bolalar bogʻchasi hamda 844 oʻrinli maktab qurib beildi. 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qarshitermoplast davlat korxonasini qayta tashkil etish toʻgʻrisida" gi PQ-406-sonli Qarori bilan "Qarshitermoplast" korxonasi majmua balansiga oʻtkazildi va kimyoviy jihatdan barqaror boʻlgan 0-40C gacha haroratdagi suyuq va gazsimon moddalarni uzatish uchun diametri 25 mm. dan 250 mm. gacha boʻlgan polietilen quvurlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

2007-yil Dekabr oyida "Qarshitermoplast" korxonasida polietilen quvurlarni bogʻlovchi qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

2008-yil OHSAS 18001 kasbiy sogʻliq va xavfaizlikni boshqarish tizimiga muvofiq xalqaro standart talablariga javob beradigan kasbiy xavfaizlik va sogʻliq tizimi joriy etildi.

2009-yil Iyul oyida suvi tanqis boʻlgan hududlardagi xoʻjaliklar uchun tomchilatib sugʻorish tizimi butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan liniya ishga tushirildi.

2010-yil Navoiy EIZda Shoʻrtan GKMning "Polietilen quvurlari" shoʻba korxonasi tashkil etildi. Maay oyida polietilen quvurlar assortimenti 315 mm. dan 630 mm. gacha boʻlgan diametrdagi polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi ekstruzion liniyani ishga tushirish hisobiga kengaytirildi. Aprel oyida binolarning old qismini jihozlashga moʻljallangan alyumin kompozitli panellar ishlab chiqarishga moʻljallangan liniya ishga tushirildi.

2011-yil Dehqonobod tumani da makaron va pechenie mahsulotlari hamda energiya tejovchi chiroqlar (uchchalasi alohida-alohida joyda joylashgan) ishlab chiqarish sexi ochildi.

2012-yil ShGKM yordamchi xoʻjaligida parrandachilik fabrikasi ochildi.

2015-yil Majmua unitar shoʻba korxona (UShK) mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida qayta tashkil etildi. "Shoʻrtan GKM" MChJ qoshidagi Qarshitermoplast sexida "Polimer boʻyogʻi ishlab chiqarish" loyihasi amalga oshirildi.

2017-yil Navoiy EIZdagi "Polipropilen quvurlari" ShK negizida "Shishabazalt tola asosida polipropilen trubalar ishlab chiqarish" loyihasi yoʻlga qoʻyildi.




Andoza:Https://sgcc.uz/uz/timeline/index