Shoʻrob koʻmir koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sho`rob ko`mir konidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shoʻrob koʻmir koni - Turkiston togʻ tizmasining shim. etagidagi kon. Umumiy maydoni 250–300 km²boʻlib, gʻarbiy (Qirgiziston hududida) va sharqiy (Tojikiston hududida) qismlarga boʻlinadi. Gʻarbiy qismga Shoʻrob III, Garm va Madigen maydonlari, sharqiy qismga esa Shoʻrob I, Shoʻrob II, Samarqandak maydonlari kiradi. Shoʻrob koʻmir konik. geologik jihatdan paleozoy, yura, boʻr va toʻrtlamchi davr jinslaridan tashkil topgan. Paleozoy jinslari metamorfizmga uchragan slanets va ohaktoshlardan, yura jinslari kulrang giltosh, qumtosh va konglomeratlardan ibbrat. Koʻmir qatlamlari, asosan, quyi va oʻrta yura yotqiziqlarida joylashgan. Shoʻrob I maydonida 10 ta qatlam boʻlib, shundan "v" qatlami qazib olish mumkin boʻlgan 3–20 m qalinlikda. Shoʻrob II maydonidagi 27 ta qatlamdan 12 tasi shunday qalinlikka ega. Koʻmir qatlamlariga eng boy maydon Shoʻrob III boʻlib, unda 53 ta qatlam bor. Koʻmir qatlamlarining umumiy qalinligi 123 m. Shoʻrob koʻmir konik.ning koʻmiri — qoʻngʻir qoʻmir; ochiq havoda saqlanganda kuchli oksidlanishga moyil boʻlib, yonib ketish xususiyatiga ega.