Shoʻroi islom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sho'roi islomdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"SHOʻROI ISLOM" — siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy gazeta. "Shoʻroi islomiya" jamiyatining nashri. 1917 yil 16 mayda Toshkent shahrida haftada 2—3 marta chop etilgan. Muharriri A. Battol. Gaz.da Ismoil Obidiy, Nushervon Yovushev, Olim Boyburov, Munavvarqori Abdurashidxonov, Shokirjon Rahimiy va boshqalar ziyolilar faol qatnashgan. Gaz.ning asosiy maqsadi aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat boʻlgan. Gaz. 1917 yil iyunda moddiy muammolar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Gaz.ning 2 ta soni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar boʻlimida saqlanadi.