Shishablok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shishablok — binokorlikda baʼzi devorlarni tiklashda qoʻllaniladigan ichi boʻsh shisha buyum. Shishablok yorugʻlikni yaxshi oʻtkazadi, issiqlik va tovush oʻtkazmaslik xossasiga ega, qisilishga mustahkamligi 400 N (40 kgk/sm2). Shishablokning quyoshdan himoya qiluvchi rangli xillari mavjud. Oʻlchami 200x200 mm dan 400x400 mm gacha, qalinligi 80– 100 mm boʻladi. Shishablokning oddiy oynalardan afzalligi shundaki, ular devor (mas, vannaxonalarda) vazifasini bajarish bilan birga xonaning ichiga yorugʻlik tushiradi, ammo xonaning ichi tashqaridan koʻrinmaydi.