Alimentar distrofiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shish kasalligidan yoʻnaltirildi)

Alimentar distrofiya (lot. alimentarius — ovqatga aloqador), shish kasalligi — yolchib ovqatlanmaslik oqibatida roʻy beradigan kasallik. Moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi, ozib ketish, darmonsizlik, teri osti yogʻ qavati (kletchatkasi)ning shishishi, assit, ichki aʼzolar va toʻqimalar funksiyasining buzilishi bilan kechadi. Alimentar distrofiya ga organizmda oqsil yetishmasligi, shu bilan birga, boshqa noqulay omillar (sovuq, jismoniy va ruhiy tanglik) sabab boʻladi. Davosi: quvvatga qirgʻizadigan va yengil hazm boʻladigan ovqatlar, vi-taminlar beriladi. Bemor ovqatni oz-ozdan, sutkada 6-7 bor, boʻlib-boʻlib is-teʼmol qilishi zarur. Ogʻirroq hollarda oʻrinda yotib davolanish, shuningdek glyu-koza va qon quyish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil