Shirinsoy qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shirinsoy qabristoni - 2-4-asrlarga oid arxeologik yodgorlik. Bekobod shahridan 4,5 km sharqda, Sirdaryoning chap sohilida. Gʻarb tomonidan Shirinsoy oʻtadi. 1943-yil Farhod GESi qurilishi vaqtida topilgan. Shu yili arxeolog V.F. Gaydukevich boshchiligidagi ekspeditsiya oʻrgangan. Shirinsoy qabristonidan jami 28 ta qabr ochilgan. Ularning koʻpchiligi oddiy chuqurchalardan iborat boʻlib, bir necha katakomba shaklidagi qabrlar ham topilgan. Jasadlar chalqancha, oyogʻi uzatilgan holda, ayrimlari yon gomoni bilan (qoʻpincha chap yoni bilan) yotqizilib, oyogʻi yigʻishtirilgan holda qoʻyilgan. Qabrlardan koʻzachalar, kosalar va boshqalar xil idishlar topilgan. Idishlar qizil angob bilan boʻyalgan, ayrimlari sayqallangan. Shirinsoy qabristoni joylashgan hudud qadimda Usrushonaga qarashli boʻlib, topilgan ashyolar shirinsoyliklarning Shosh va Fargʻona bilan iqtisodiy hamda madaniy aloqada boʻlganligini koʻrsatadi.