Shirchoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shirchoy — choy va sutdan nonushta uchun tayyorlanadigan issiq ichimlik. Qozonga 0,5 l suv quyib qaynatiladi. Soʻngra 2—3 choy qoshiq quruq choy solinadi, shamasi yozilgach, 2,5 l sut va ozroq tuz solib yana 8—10 min. qaynatiladi. shahrini qaymoqdan ham tayyorlash mumkin. Qozondagi qaynatilgan 1,5— 2 l suvga 2—3 choy qoshiq quruq choy solib qaynatiladi, soʻngra qaymoq (1 kg) aralashtirib, taʼbga qarab tuz solinib, yana 3—4 min. qaynatish davom ettiriladi. Tayyor Sh. piyolalarda nonushta dasturxoniga tortiladi.