Shimoliy Koreya Konstitutsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Sotsialistik Konstitutsiyasi Shimoliy Koreya Konstitutsiyasi hisoblanadi. Shimoliy Koreya Konstitutsiyasi 1972-yil 27-dekabrda boʻlib oʻtgan VI Oliy Xalq Majlisining birinchi sessiyasida qabul qilingan. Shimoliy Koreya Konstitutsiyasiga 1998, 2009, 2012, 2013, 2016 va 2019-yillarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. 1972-yilda qabul qilingan Konstitutsiya mamlakatning 1948-yilda tasdiqlangan birinchi konstitutsiyasining oʻrnini egallagan.

Shimoliy Koreya Konstitutsiyasi muqaddima, yetti bob va 172 moddadan iborat boʻlib, Shimoliy Koreyaning siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va milliy mudofaaga oid asosiy tamoyillarini, mamlakat fuqarolarining asosiy huquq va burchlarini, Shimoliy Koreya hukumatini tashkil etish va mamlakatning milliy ramzlarini tartibga soladi.

Shimoliy Koreya hukumati monolit mafkuraviy tizimni oʻrnatishning oʻnta tamoyili bilan boshqariladi. Bu oʻnta monolit tamoyillar Konstitutsiya oʻrnini bosadi va amaldagi oliy qonun boʻlib xizmat qiladi[1][2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yil Konstitutsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Koreya oʻzining birinchi Konstitutsiyasini yaratishga 1946-yil 12-dekabrda Janubiy Koreya oʻzining vaqtinchalik Konstitutsiyasini ishlab chiqishni boshlaganida kirishdi[4].

1947-yil noyabr oyida Shimoliy Koreya Xalq Assambleyasi vaqtinchalik Konstitutsiyani qabul qilish uchun 31 aʼzodan iborat qoʻmitani tashkil qildi. Qoʻmita 1948-yil fevral oyida Shimoliy Koreya Xalq Assambleyasiga vaqtinchalik Konstitutsiya loyihasini taqdim etdi. Keyin bu loyiha 1948-yil 11-fevraldan 25-aprelgacha boʻlgan muddatda „umumiy xalq muhokamasiga“ qoʻyildi[5].

1948-yil 10-iyulda Shimoliy Koreya Xalq Assambleyasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Konstitutsiyasi sifatida yangi Konstitutsiya loyihasini qabul qildi.Yangi Konstitutsiya Oliy Xalq Assambleyasi tomonidan 1948-yil 8-sentyabr kuni butun Koreya yarim oroliga eʼlon qilindi.

Andrei Lankovning soʻzlariga koʻra, Shimoliy Koreyaning 1948-yilgi Konstitutsiyasi Iosif Stalin tomonidan Shimoliy Koreyadagi sovet istilosi rahbari Terenty Shtykov bilan birga Moskva shahrida tayyorlangan va Konstitutsiyaning ayrim moddalari sovet nazoratchilari tomonidan qayta yozilgan.

Shimoliy Koreyaning 1948-yilgi Konstitutsiyasi 10 bob va 104 moddadan iborat edi. Unda Shimoliy Koreyada 1946-yilda Shimoliy Koreyaning Muvaqqat xalq qo‘mitasi tashkil etilganidan buyon amalga oshirilayotgan yer islohotlari, sanoat va resurslarni milliylashtirish, koreyslarga turli erkinlik va huquqlar berish kabi islohotlar aks ettirilgandi.

Ushbu Konstitutsiya Oliy Xalq Assambleyasini Shimoliy Koreyada qonunlar qabul qilish, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud tarkibini hamda Bosh prokurorni saylash kabi vakolatlarga ega boʻlgan oliy hukumat instituti sifatida taʼsis etdi. Xalq Oliy Majlisi doimiy komissiyasiga Xalq Oliy Majlisining tanaffus davridagi vakolatlarini amalga oshirish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, doimiy kommisiyaga Shimoliy Koreyaning tashqi siyosatida mamlakat nomidan vakillik qilish vazifasi yuklangan. Vazirlar Mahkamasi eng yuqori ijro etuvchi organ sifatida tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasi boshligʻi ayni vaqtda bosh vazir vazifasini ham bajargan.

Shimoliy Koreyaning 1948-yilgi Konstitutsiyaga 1954-yil aprel, 1954-yil oktyabr, 1955, 1956 va 1962-yillarda besh marta oʻzgartirish kiritilgan.

Sotsialistik Konstitutsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatda kengayib borayotgan sotsialistik siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar hamda 1948-yilgi Konstitutsiyada oʻz aksini topmagan muommolarni qonunga kiritish zarurati tufayli Shimoliy Koreya hozirgi Sotsialistik Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishni boshladi[6].

Yangi Konstitutsiya zarurati 1960-yillarning oʻrtalaridan muhokama qilina boshlagan. 1970-yillarda yangi Konstitutsiya yaratish dolzarb masalaga aylandi[7].

1972-yil 23-oktyabrda Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining V pleniumida Sotsialistik Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish qo‘mitasi tashkil etildi[8][9]. Kim II-sungning V plenium yigʻilishidagi nutqida mamlakatdagi „sotsialistik inqilob va qurilish“ haqidagi yutuqlarni Konstitutsiyada aks ettirish kerakligi aytilgan.

1972 yil 25 dekabrda yangi Konstitutsiya loyihasi V Oliy Xalq Assambleyasining 1-sessiyasiga taqdim etildi. Unda Kim II-sung shunday dedi: "Bizning bugungi voqeligimiz zudlik bilan yangi sotsialistik konstitutsiyani qonuniy asosda mustahkamlashni talab qiladi. Ushbu Konstitutsiyada xalqimizning sotsialistik inqilob va sotsializm qurilishdagi ulkan yutuqlari belgilab qoʻyilishi kerak. 

Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Sotsialistik Konstitutsiyasi 1972-yil 27-dekabrda V Oliy Xalq Assambleyasining 1-sessiyasida qabul qilingan (Xuddi shu sanada Janubiy Koreya Yushin Konstitutsiyasini qabul qilgan).

Shimoliy Koreya Sotsialistik Konstitutsiyaning asl nusxasida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Koreya Mehnat partiyasining Juche gʻoyasiga asoslangan „mustaqil sotsialistik davlat“ ekanligi koʻrsatilgan. Unda Shimoliy Koreyadagi sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil iqtisodiyotga asoslanganligi taʼkidlandi. Sotsialistik Konstitutsiyaga Chongsanri kiritildi. Chollima harakati esa sotsialistik qurilishning markaziy chizigʻi sifatida belgilandi. Sotsialistik Konstitutsiyada, shuningdek, Koreya odamlarni sotsializm va kommunizm quruvchisi bo‘lishga o‘rgatuvchi „sotsialistik milliy madaniyat“ni rivojlantirayotgani aytilgan edi. 

Sotsialistik Konstitutsiya Shimoliy Koreya uchun yangi hukumat tizimini yaratdi. Unga koʻra Prezident davlat boshligʻi, Qurolli kuchlarning oliy bosh qoʻmondoni, Milliy mudofaa kommisiyasi raisi va Markaziy xalq qoʻmitasining rahbari etib belgilangan. Oliy xalq majlisi esa qonunlar qabul qilish, Prezidentni, Markaziy xalq qoʻmitasi aʼzolarini, maʼmuriy kengash aʼzolarini, Markaziy sud raisini va Bosh prokurorni saylash vakolatiga ega boʻldi. Vazirlar Mahkamasi oʻrniga Bosh vazir boshchiligidagi Maʼmuriy kengash tuzildi. Maʼmuriy kengashga davlat siyosatini amalga oshirish vazifasi yuklangan

Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Sotsialistik Konstitutsiyasiga 1992, 1998, 2009, 2010, 2012, 2013, 2016 va 2019-yillarda sakkiz marta oʻzgartirish kiritilgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Sotsialistik Konstitutsiyasi muqaddima, yetti bob va 172 moddadan iborat. Sotsialistik Konstitutsiyasi oʻzida kuchli sotsialistik, millatchilik tendentsiyalarini va Juche mafkurasini mujassam etgan[10].

Muqaddima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqaddimada Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rasmiy nomiga ega boʻlgan Shimoliy Koreya Kim II-sung va Kim Jong-il g‘oyalari va davlat qurilishidagi yutuqlarini qo‘llaydigan „Juche sotsialistik davlati“ sifatida taʼriflanadi[11].

Kim II-sung Juche gʻoyasiga asos solgan va Shimoliy Koreyani sotsialistik davlatga aylantirgan „Koreya Xalq Demokratik Respublikasining asoschisi va Sotsialistik Koreya davlatining otasi“ sifatida eʼtirof etiladi[12]. Kim Jong-il Kim II-sung siyosatini saqlab qolib davom ettirgan va Songun siyosati orqali Shimoliy Koreyani yadroviy davlatga, kuchli mafkuraviy davlatga, kuchli harbiy kuchga ega boʻlgan davlatga aylantirgan „Sotsialistik Koreyaning tengsiz vatanparvari va himoyachisi“ sifatida eʼtirof etiladi.

Muqaddimada Kim Jong-il va Kim II-sung oʻzlarining „xalqlar jannatda“ shiori ostida doimo xalq uchun obod va mustaqil davlat qurish yoʻlida ishlaganliklari va Shimoliy Koreyani dunyodagi yagona davlatga aylantirganliklari haqida aytilgan[13]. Shuningdek, muqaddimada kkala rahbar Koreyani birlashtirish uchun mehnat qilgan „millat qutqaruvchilari“ va Shimoliy Koreyaning tashqi aloqalarini rivojlantirish uchun „faxriy dunyo davlat arboblari“ sifatida maqtalgan.

Muqaddimada Kim Jong-il va Kim II-sungning gʻoyalari va yutuqlari „Koreya inqilobining abadiy xazinasi“ va Shimoliy Koreyaning gullab-yashnashining asosiy kafolati ekani aytiladi. Shuningdek yetakchilar boqiylik va Koreyaning milliy ramzi hisoblanadigan Kumsusan saroyini tashkil etgan millat qahramonlari sifatida tasvirlanadi[14].

Muqaddima Kim Jong-il va Kim II-sungni „Shimoliy Koreyaning abadiy yetakchilari“ sifatida tasvirlash bilan yakunlanadi[15].

I bob — Siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Konstitutsiyaning I bobi Shimoliy Koreyaning siyosiy tuzilishini belgilab beruvchi 18 ta moddadan iborat.

1-moddada Koreya Xalq Demokratik Respublikasining rasmiy nomiga ega boʻlgan Shimoliy Koreya mustaqil sotsialistik davlat ekanligi, 2-moddada esa uni inqilobiy davlat sifatida koʻrsatilishi belgilangan[16]. 3-modda Kimilsungizm-Kimjongilizmni mamlakat oʻz faoliyati uchun asosiy yoʻnalish sifatida belgilaydi. 11-moddada esa Koreya Ishchilar partiyasining mamlakatdagi barcha faoliyatga rahbarlik qilishi belgilangan.

4-moddada mamlakat fuqarolarini ishchilar, dehqonlar, askarlar va iqtidorli xodimlardan iborat mehnatkash xalq tashkil qilishi aytiladi. Ular hokimiyatni Oliy xalq yigʻini va mahalliy xalq yigʻinlaridagi vakillari orqali amalga oshirishlari belgilab qoʻyilgan[17]. 6 va 7-moddalarida bu vakillar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida xalq tomonidan saylanadi va ular oldida mas’uldirlar, deyiladi.

5-moddada davlat institutlari demokratik markazlashuv asosida yaratilishi va faoliyat yuritishi aytilgan[18].

8-modda Shimoliy Koreya „ishchilarni hamma narsaning xoʻjayini“ga aylantiradigan va „jamiyatdagi hamma narsa ishchilarga xizmat qiladigan“ ijtimoiy tizimni taʼminlashi aytiladi va davlatga odamlarning inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish vazifasi yuklatilishi belgilangan[19].

9-modda Shimoliy Koreyaga Koreyaning shimoliy yarmida „sotsializmning toʻliq gʻalabasiga“ erishish va Koreyani birlashtirish vazifasini beradi[20].

10-moddada Shimoliy Koreya ishchilar sinfi boshchiligidagi ishchi-dehqon ittifoqida boʻlgan xalqlarning „siyosiy va mafkuraviy“ birligiga asoslanishi aytiladi[21]. 12-moddada Shimoliy Koreya davlati „sinfiy dasturga sodiq qoladi“ va "xalq hokimiyati va sotsialistik tuzumni xalq demokratik diktaturasi orqali „dushman unsurlardan“ himoya qiladi, deb belgilanadi.

13-modda Shimoliy Koreyaning inqilobiy ish tizimida ommadan yechim olish orqali mamlakatdagi muammolar hal qilinishi taʼkidlangan. 14-modda esa mamlakatda sotsialistik qurilishni ragʻbatlantirish uchun hukumat „Uch Inqilob“, „Qizil Bayroq“ kabi ommaviy harakatlarning faoliyatini ragʻbatlantirishi belgilangan[22].

15-modda xorijdagi koreyslarning haq-huquqlari Shimoliy Koreya himoya qilinishi, 16-moddada esa Shimoliy Koreyadagi chet elliklarning manfaatlari davlat tomonidan kafolatlanishi belgilangan[23].

17-moddada Shimoliy Koreyaning tashqi aloqalari uchun asos sifatida mustaqillik, tinchlik va doʻstlik tamoyillari belgilab qoʻyilgan va mamlakatning mustaqillik va ozodlik uchun xorijiy kurashlarni qoʻllab-quvvatlashi eʼlon qilingan[24].

18-moddada Shimoliy Koreya qonunlari xalqning „istak va manfaatlarini aks ettirishi“ shartligi va unga mamlakatdagi har bir muassasa, korxona, tashkilot va shaxs rioya etishi kerakligi aytilgan[25]. Shuningdek, ushbu moddada davlat oldiga jamiyat hayotida sotsialistik huquq tizimini takomillashtirish va sotsialistik qonunga rioya qilish koʻnikmalarini shakllantirish vazifalari qoʻyilganligi belgilangan

II bob — Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Konstitutsiyaning II bobi Shimoliy Koreyaning iqtisodiy tuzilishini belgilab beruvchi 19 moddadan (19-38-moddalar) iborat.

III bob — Madaniyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Konstitutsiyaning III bobi Shimoliy Koreyaning madaniy tuzilishini tavsiflovchi 18 moddadan (39-57-moddalar) iborat.

IV bob — Milliy mudofaa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Konstitutsiyaning IV bobi Shimoliy Koreyaning milliy mudofaa tuzilishini belgilaydigan toʻrtta moddadan (58-62-moddalar) iborat.

V bob — Fuqarolarning asosiy huquqlari va majburiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Konstitutsiyaning V bobi Shimoliy Koreyada fuqarolarning (gongmin) huquq va majburiyatlarini sanab oʻtgan 24 moddadan (62-86-moddalar) iborat.

VI bob — Davlat hokimiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Konstitutsiyaning VI bobi Shimoliy Koreya hukumatini tashkil etishni tavsiflovchi sakkiz boʻlimga boʻlingan 80 ta moddadan iborat.

VII bob — Gerb, bayroq, madhiya va poytaxt[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Konstitutsiyaning VII bobi Shimoliy Koreyaning milliy ramzlarini belgilovchi 4 ta moddadan iborat.

169-moddada davlat gerbining tavsiflari, 170-moddada esa davlat bayrogʻi tavsiflari berilgan.

171-moddada Egukka davlat madhiyasi sifatida belgilangan.

172-moddada Pxenyan milliy poytaxt ekanligi aytilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „N. Korea revises leadership ideology to legitimize rule of Kim Jong-un“. Yonhap News Agency (2013-yil 12-avgust). 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
  2. Lim, Jae-Cheon. Kim Jong-il's Leadership of North Korea. United Kingdom: Routledge, 2008. ISBN 9780203884720. 2014-yil 20-yanvarda qaraldi. 
  3. Green, Christopher. "Wrapped in a Fog: On the North Korean Constitution and the Ten Principles, " Sino-NK, June 5, 2012. Retrieved January 3, 2016.
  4. „12/27 사회주의헌법절 – ① 북한 헌법의 역사는 어떻게 될까?“. NK Today (2015-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.
  5. „12/27 사회주의헌법절 – ① 북한 헌법의 역사는 어떻게 될까?“. NK Today (2015-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.
  6. „12/27 사회주의헌법절 – ① 북한 헌법의 역사는 어떻게 될까?“. NK Today (2015-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.
  7. „한없이 고결한 풍모“ (ko). DPRK Today. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  8. „12/27 사회주의헌법절 – ① 북한 헌법의 역사는 어떻게 될까?“. NK Today (2015-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.
  9. „당중앙위원회 전원회의 – 제5기“ (ko). NK Chosun (2013-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  10. Maddex 2012.
  11. „PREAMBLE“. Naenara. 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  12. „PREAMBLE“. Naenara. 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  13. „PREAMBLE“. Naenara. 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  14. „PREAMBLE“. Naenara. 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  15. „PREAMBLE“. Naenara. 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  16. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  17. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  18. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  19. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  20. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  21. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  22. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  23. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  24. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  25. „CHAPTER I. POLITICS“. Naenara. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]