Shillong

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shillong, Assom togʻlariHindistonning shim.sharqiy qismidagi togʻlik. Uz. 350 km, eni 100 km gacha. Eng baland joyi 1961 m. Gneys, kristalli slanets, granit jinslardan tuzilgan. Togʻni chuqur daryo vodiylari parchalab yuborgan. Sh. yer yuzida eng seryogʻin joy (Cherapunji aholi punktida yiliga oʻrtacha 12. 000 mm yogʻin yogʻadi). Ayrim joylarda tuproq qatlami yuvilib ketgan. Asosiy oʻsimliklari butali changalzorlar va sernam tropik oʻrmonlardan iborat. Vodiylarda sholi ekiladi, choy oʻstiriladi. Toshkoʻmir konlari topilgan.