Kontent qismiga oʻtish

Shiddatli yigirmanchi yillar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shiddatli yigirmanchi yillar
1920—1929
Joylashuv Asosan Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropa
(keyingi ta'sirlari Gʻarb dunyosiga yoyilgan)
Asosiy voqealar Jaz asri
Radioeshittirish
Avtomobil sanoatining yuksalishi
Harlem Uyg‘onishi
Lindberghning parvozi
Xronologiya
Birinchi jahon urushi Buyuk depressiya

Shiddatli yigirmanchi yillar – 1920-yillarni, ayniqsa Gʻarb jamiyati va madaniyatida yuz bergan musiqa va moda sohasidagi oʻzgarishlar davrini ifodalaydi. Bu Qoʻshma Shtatlar va xalqaro miqyosda, xususan Berlin[1], Buenos-Ayres[2][3], Chikago[4], London[5], Los-Anjeles[6], Mexiko[2], Nyu-York[7], Parij[8], va Sidney[9] kabi yirik shaharlarda oʻziga xos madaniy qirra bilan ajralib turgan iqtisodiy farovonlik davri edi. Fransiyada bu oʻn yillik années folles nomi bilan tanilgan boʻlib, u davrning ijtimoiy, badiiy va madaniy joʻshqinligini ifodalaydi[10]. Bu yillarda jazz musiqasi gullab-yashnadi, flapper deb atalgan yangi avlod ayollari Britaniya va AQShdagi ayollar uchun zamonaviy koʻrinishni shakllantirdi[11][12], va shu bilan bir paytda Art Deco uslubi oʻz choʻqqisiga chiqdi[13].

Shiddatli yigirmanchi yillarga xos ijtimoiy va madaniy xususiyatlar avval yirik metropoliten markazlardashakllanib, Birinchi jahon urushidan keyin keng yoyildi. Bu davrning ruhi yangilik va zamonaviylik hissi, shuningdek, an’anaviy qadriyatlardan voz kechish bilan belgilanadi. Avtomobillar, kinofilmlar va radio kabi yangi texnologiyalar “zamonaviylik”ni aholining keng qatlamlariga olib kirdi. Kundalik hayot va me’morchilikda rasmiy bezaklar o‘rnini amaliylik egalladi. Shu bilan birga, Birinchi jahon urushi kayfiyatiga qarama-qarshi o‘laroq, jaz va raqs mashhurlikka erishdi. Shu sababli, bu davr ko‘pincha “Jaz asri” deb ham ataladi.

1920-yillar G‘arb dunyosida millionlab insonlar hayotiga avtomobillar, telefonlar, kinofilmlar, radio va elektr maishiy texnika keng kirib kelgan davr bo‘ldi. Aviatsiya sohasining tez rivojlanishi natijasida u qisqa fursatda tijorat tarmog‘igaaylandi. Davlatlarda sanoat va iqtisodiyotning tez o‘sishi, iste’molchilar talabining ortishi va turmush tarzi hamda madaniyatda yangi tendensiyalar yuzaga keldi. Ommaviy axborot vositalari, kengayib borayotgan reklama sanoati tomonidan moliyalashtirilib, aholining e’tiborini mashhurlarga — sport qahramonlari va kino yulduzlariga qaratdi. Shahar sport maydonlarida o‘z jamoalari uchun g‘alaba hayqiriqlari yangradi, hashamatli kinoteatrlar esa yangi ommaviy madaniyat markazlariga aylandi. Shu davrda ko‘plab mamlakatlarda ayollar saylov huquqiga ega bo‘ldi.

1924-yilda bankir va keyinchalik AQShning 30-vitse-prezidenti bo’lgan Charles G. Dawes nomi bilan atalgan Dawesrejasi doirasida Wall street Germaniyaga katta miqdorda sarmoya kiritdi.[14] . Bu mablag‘lar bilvosita urush tovonlarini to‘lash uchun ishlatildi, chunki Germaniya tovonni to‘lagan mamlakatlar o‘z navbatida Vashingtonga urush qarzlariniqaytarishi kerak edi.

O‘n yillikning o‘rtalariga kelib, farovonlik keng yoyildi, ayniqsa Germaniyada 1920-yillarning ikkinchi yarmi “Oltin yigirmanchi yillar” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Biroq bu davr uzoq davom etmadi. 1929-yilda Wall streetdagi fond bozorining qulashi bilan Shiddatli yigirmanchi yillar yakuniga yetdi va Buyuk depressiya butun dunyo bo‘ylab yillar davom etgan og‘ir iqtisodiy inqirozni boshlab berdi[15].

  1. Anton Gill, A Dance Between Flames: Berlin Between the Wars (1994).
  2. 2,0 2,1 Elsey, Brenda. Citizens and Sportsmen: Fútbol and Politics in Twentieth-Century Chile. University of Texas Press, 2011 — 51-bet. ISBN 9780292726307. Qaraldi: 2022-yil 25-may. 
  3. Fraga, Enrique Alberto „El rugido centenario de los años locos“ (es). La Nación (2020-yil 16-fevral). 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  4. Marc Moscato, Brains, Brilliancy, Bohemia: Art & Politics in Jazz-Age Chicago (2009)
  5. Hall, Lesley A. (1996). "Impotent ghosts from no man's land, flappers' boyfriends, or crypto-patriarchs? Men, sex and social change in 1920s Britain". Social History 21 (1): 54–70. doi:10.1080/03071029608567956. 
  6. David Robinson, Hollywood in the Twenties (1968)
  7. David Wallace, Capital of the World: A Portrait of New York City in the Roaring Twenties (2011)
  8. Jody Blake, Le Tumulte Noir: modernist art and popular entertainment in jazz-age Paris, 1900–1930 (1999)
  9. Jack Lindsay, The roaring twenties: literary life in Sydney, New South Wales in the years 1921-6 (1960)
  10. Andrew Lamb. 150 Years of Popular Musical Theatre. Yale University Press, 2000 — 195-bet. ISBN 978-0-300-07538-0. 
  11. Pamela Horn, Flappers: The Real Lives of British Women in the Era of the Great Gatsby (2013)
  12. Angela J. Latham, Posing a Threat: Flappers, Chorus Girls, and Other Brazen Performers of the American 1920s (2000)
  13. Madeleine Ginsburg, Paris fashions: the art deco style of the 1920s (1989)
  14. „Dawes Plan“. encyclopedia.com (2018-yil 13-avgust). Qaraldi: 2023-yil 21-oktyabr.
  15. Paul N. Hehn. A Low Dishonest Decade: The Great Powers, Eastern Europe, and the Economic Origins of World War II, 1930–1941. Continuum, 2005 — 12-bet. ISBN 978-0-8264-1761-9.