Sheroz gilami

Sheroz gilami (forscha: قالی شیراز) — Forsning Sheroz shahri atrofidagi qishloqlarda toʻqiladigan bir turdagi fors gilami.
Naqshlar odatda oʻtroqlashgan qabila toʻquvchilaridan kelib chiqqan boʻlib, ular qashqay, Xamse (Basseriy va Xamse arablar) , Afshor, Abade va Lur naqshlarini taqlid qiladi[manba kerak]. Toʻquvchilar oʻrnatilgan dastgohlardan foydalanganlari uchun gilamlar koʻproq katta va koʻpincha koʻchmanchilarning gilamlariga qaraganda dagʻalroq boʻladi[manba kerak]. Sheroz gilamlari odatda juda nozik tugun bilan toʻqilmaydi, qashqay hamda Abade gilamlarida esa tugunlar nozikroq boʻladi. Sheroz gilamlarida forscha (nosimmetrik) tugun ishlatiladi[manba kerak].
Baʼzi namunalarda Kirusning oq oti tasvirlanadi. Sheroz gilami bulbulni tasvirlaydigan yagona gilam boʻlib, ular burchakli shakldagi qushlar sifatida koʻrsatiladi. Ushbu qushlar rozi boʻlish va baxtiyorlik ramzi, deb aytiladi[1].
Fors viloyatining fors qabilalaridan biri boʻlgan Basseriy qabilasi gilamlari oʻzining rang-barang naqshlari bilan mashhur. Toʻq sariq rang Basseriy gilamlariga xos boʻlgan alohida rang hisoblanadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oriental rugs: a complete guide — Charles W. Jacobsen, C. E. Tuttle Co. 1962
- ↑ „Basseri tribe history“. Marvdashtnama (Persian). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-oktyabr.