Sherolchin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sherolchin - sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida shahrining oddiy Sh. yoki olga sherolchini turi oʻsadi. Boʻyi 10—30 sm. Poyasi bir yoki bir nechta, tik yoki yerdan koʻtarilib oʻsadi, paxmoq tukli. Barglari patsimon qirqilgan, poyaga halqasimon yoki qaramaqarshi oʻrnashgan. Toʻpguli 3—10 sm, gultoji oqish pushti. May—iyul oylarida gullab urugʻlaydi.