Sheki xonlıgı

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sheki xonlıgı - Ozarbayjonning shim. qismida 18—19-asr boshida mavjud boʻlgan davlat. 1747 yilda tashkil etilgan Sheki xonlıgı Ozarbayjon xonlıkları ichida eng kuchlisi edi.

Sheki nomli mustaqil davlat sifatida 14-asr oxiridan maʼlum, 16-asr oʻrtalarida u Eron shohi tomonidan tugatilgan va 18-asrda Ozarbayjon xalqini Hoji Chalabiyxon boshchiligida Eron hukmronligiga qarshi kurash jarayonida vujudga kelgan. 18-asrda xonlik 8 ta noiblar boshqargan magʻalga boʻlingan. Sh. iqtisodiyoti asosini qishloq xoʻjaligi (asosan, ipakchilik) tashkil etgan. 1805 yil Sheki xonligini Rossiya imperiyasi oʻz tarkibiga kiritgan. Bu 1813 yilgi Guliston sulh shartnomasi bilan tasdiqlangan. 1819 yil Sheki xonligi tugatilib, rus harbiy maʼmuriyatiga boʻysungan provinsiyaga aylantirilgan. 1840 yil Sheki provinsiyasi Kaspiy viloyati tarkibiga kiruvchi Sheki uyezdiga aylantirilgan. 1859 yil uyezd Boku gubernyasi, 1868 yilda Yelizavetpol gubernyasi tarkibiga kirgan.