Shayx muxtor valiy maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shayx muxtor valiy maqbarasi — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr). Katta va kichik xona hamda goʻrxonadan iborat. Katga xonaning toʻrt tomoni chuqur ravoqli, keyinchalik yonlaridagi hujralarga eshik ochilgan. Kichik xonaning ham burchaklarida hujralar, shuningdek, ziyoratxona qurilgan. Orqasida 2 goʻrxona, halimxona va omborxona bor. Maqbarada Shayx Muxtor Valiy, uning xotini va yaqin kishilari qabrlari joylashgan. Maqbara hajmi xar xil toʻrtburchak gʻishtlardan qurilgan. Yogʻoch oʻymakorligi bilan nafis bezatilgan 4 eshik saqlangan, bularning birida usta Zayniddin ibn Odina Muhammadning nomi yozilgan. Muhammad Rahimxon hukmronligi davri (1806— 25)da taʼmir etilib, yangi bir ustunli ayvon va qorixona qurilgan.