Shaxmat yozuvi
Shaxmat yozuvi (lotincha: notatio – „yozish, belgilash“) – shaxmat partiyasi yoki taxtadagi donalar joylashuvini yozib olish uchun qoʻllaniladigan shartli belgilash tizimi.
Koʻpgina mamlakatlarda algebraik yozuv qabul qilingan. U ilk bor 1616-yilda nemis gersogi Augustus IIning „Chess or the Kingʻs Game“ (tarjimasi: Shaxmat yoki Qirollik oʻyini) asarida taklif etilgan. Keyingi asrda Philipp Stamma uni yanada rivojlantirdi va nihoyat, zamonaviy koʻrinishdagi yozuv 1784-yilda Germaniyada Moses Hirschel tomonidan nashr etilgan kitobda paydo boʻldi.
Kataklarni nomlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vertikal qatorlar farzin qanotidan shoh qanotiga qarab a dan h gacha boʻlgan lotin harflari bilan, gorizontal qatorlar esa oq donalardan qora donalar tomon 1 dan 8 gacha boʻlgan raqamlar bilan belgilanadi.
Shaxmat taxtasidagi har bir katak ikkita belgidan – unga tegishli vertikal harfi va gorizontal raqamidan iborat tarzda koʻrsatiladi. Masalan, standart boshlangʻich joylashuvda oq shoh e1 katagida joylashgan boʻladi.
Donalarni nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| a | b | c | d | e | f | g | h | ||
| 8 | 8 | ||||||||
| 7 | 7 | ||||||||
| 6 | 6 | ||||||||
| 5 | 5 | ||||||||
| 4 | 4 | ||||||||
| 3 | 3 | ||||||||
| 2 | 2 | ||||||||
| 1 | 1 | ||||||||
| a | b | c | d | e | f | g | h | ||
| Donalarning nomalanishi[1] | Yozuvdagi belgi | ||
|---|---|---|---|
| Oʻzbekcha | Inglizcha | Oʻzbekcha | Inglizcha |
| Shoh | King | Sh | K |
| Farzin | Queen | Fr | Q |
| Ot | Knight | O | N |
| Rux | Rook | R | R |
| Fil | Bishop | F | B |
| Piyoda | Pawn | Harflar bilan belgilanmaydi | |
„Piyoda“ (p.) yoki „piyodalar“ (pp.) belgisi faqat pozitsiyalarni qayd etishda ishlatiladi. Masalan: Oqlar: She6, p.d7. Qoralar: Shd8.
Kompyuter shriftlari va ularning turli belgilaridan foydalanish imkoniyati paydo boʻlgach, shaxmat figuralarini ularning grafikli tasvirlari bilan ifodalash amaliyoti ham joriy etildi. FIDE bosma nashrlar uchun shaxmat figuralarining piktogramma-koʻrinishdagi tasvirlarini qoʻllashni tavsiya qiladi[2].
Yurishlarning toʻliq qaydnomasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurish yozuvi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻladi[2][3][4][5][6]:
- Yurish tartib raqami.
- Yurishni amalga oshirayotgan dona koʻrsatkichi.
- Yurish qilingan boshlangʻich katak.
- Olish belgisi – „x“ harfi, yoki hech narsani urmasdan oddiy yurish uchun tire (—).
- Yurish qilingan yakuniy katak.
- Agar piyoda promotsiya qilsa, yakuniy katakdan keyin u aylangan figura belgisi yoziladi.
- Rokirovka uzun qanot boʻyicha 0-0-0, qisqa qanot boʻyicha 0-0 shaklida qayd etiladi.
Ixtiyoriy belgilar:
- Kesib oʻtib olish uchun – e.p. (fransuzcha en passant).
- Shoh berish uchun – + belgisi. Mot uchun – # yoki ikki „+“ (++).
- Durrang taklifi kiritilganda – (=) belgisi.
- Qoralar yurishi oldidan oqlar yurishi koʻrsatilmagan boʻlsa, yurish raqamidan keyin … (uch nuqta) qoʻyiladi.
Misol – „bolalar moti“ yozuvi: 1.e4 e5 2.Fh5 Oc6 3.Ff3 d6 4.Fxf7#
Kompyuterlar uchun yozuv tizimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagilar shaxmat bilan bogʻliq kompyuter tizimlarida keng qoʻllaniladi:
- Portable Game Notation. Bu matnga asoslangan fayl formati boʻlib, unda shaxmat yurishlari inglizcha algebraik yozuvning standart shaklida qayd etiladi. Unda, shuningdek, oʻyinchilar va partiyadagi oʻyin holatini koʻrsatish uchun kichik belgilash ishlatiladi. Aksariyat shaxmat dasturlari PGN fayllarini qayta ishlashga moslangan boʻladi[7].
- Steno-Chess. Bu ham kompyuterda qayta ishlash uchun qulay boʻlgan boshqa bir formatdir. U oʻyinni saqlash uchun zarur boʻlgan belgilar sonini kamaytirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, buning evaziga inson tomonidan oʻyinni qayta oʻynash imkoniyati yoʻqoladi. Natijada partiyani saqlash uchun zarur boʻlgan belgilar soni minimal darajaga tushiriladi[8].
- Forsyth–Edwards shaxmat yozuvi. Bu bitta satrli format boʻlib, taxtadagi donalarning joriy joylashuvini ifodalaydi. Uning yordamida oʻyin taxtasi dastlabki holatdan tashqari boshqa vaziyatlarda ham tiklanishi mumkin (ortga qaytarish imkoni mavjud). FEN shuningdek, rokirovka, yurish raqami va navbatdagi yuruvchi tomon kabi qoʻshimcha maʼlumotlarni ham oʻz ichiga oladi. U PGN standartiga SetUp tegi bilan birgalikda Tag Pair sifatida kiritilgan.
- Extended Position Description. Bu ham taxtadagi joriy holatni ifodalash uchun moʻljallangan format boʻlib, unda ASCII belgilar toʻplamidan foydalanilgan kengaytirilgan atribut qiymatlari mavjud. EPD shaxmat dasturlari oʻrtasida maʼlumot va buyruqlar almashinuvi uchun ishlab chiqilgan[9]. Ayrim shaxmat turlari, masalan Chess960 uchun EPD FENdan koʻra qulayroq hisoblanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ B.S.Xolmirzayev, A.Asralxodjayev, S.U.Nazarov, A.Razzoqov. Shaxmat. Toshkent: “UMID DESIGN”, 2021. ISBN 978-9943-7292-2-3. Qaraldi: 28-sentabr 2025-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „FIDE Laws of Chess taking effect from 1 January 2018, раздел C“ (en). 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
- ↑ Litres. Оксана Усольцева. Шахматы. Книга-тренер, 2020 — 26-bet.
- ↑ Ефим Боголюбов. Шахматная школа для начинающих, 2018 — 18—19-bet.
- ↑ Александр Попов. Познаем шахматы без шахматной доски, 2017.
- ↑ „Как научиться играть в шахматы ♟️ - полный обзор фигур, ♟️правил и тактик“ (ru). 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ Members of the Internet newsgroup rec.games.chess. Edwards, S.J.: „ICC Help: PGN spec“. The Internet Chess Club. 2004-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Angelini, Éric „Steno-Chess“. www.chessvariants.com. 2018-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-may.
- ↑ „Archived copy“. 2007-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-iyun.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Shaxmat yozuvi haqida turkum mavjud |
- Нотация шахматная // Словарь шахматиста / составители: М. С. Коган [и др.] ; под общей редакцией проф. А. А. Смирнова. — Л.: Шахматный листок, 1929. — С. 314—317. — 518 с. — 6000 экз.
- Нотация шахматная // Шахматный словарь / гл. ред. Л. Я. Абрамов; сост. Г. М. Гейлер. — М.: Физкультура и спорт, 1964. — С. 421—422. — 120 000 экз.
- Нотация шахматная // Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 274—275. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.
- Линдер И. М. Нотация шахматная // Шахматная энциклопедия / И. М. Линдер, В. И. Линдер. — М. : ООО «Издательство АСТ» : ООО «Издательство Астрель», 2004. — С. 175—176. — 320 с. — ISBN 5-17-006939-1. — ISBN 5-271-06492-1.
