Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2013

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chempionlikni himoya qiluvchi Yangi chempion
 Anna Ushenina (Ukraina)  Hou Yifan (Xitoy)
1985-yil 30-avgustda tugʻilgan
28 yoshda
1994-yil 27-fevralda tugʻilgan
19 yoshda
Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2012gʻolibi FIDE ayollar Gran-prisi 2011-2012gʻolibi
FIDE reytingi: 2500
(№ 17)[1]
FIDE reytingi: 2609
(№ 2) [1]
2012 yil 2015

2013-yilgi shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida chempionlik uchun shaxmat bahsi faqatgina 2 ta shaxmatchi orasida boʻlib oʻtdi. Oʻyin 2013-yilning 10-27-sentyabr kunlari Xitoyning Tszyansu, Taychjou shahrida oʻtkazilib, juftlik orasida 10 taga yaqin oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi[2].

Uchrashuv shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 2012-yilgi jahon chempionati gʻolibi, amaldagi chempion Anna Ushenina va FIDEning avvalgi chempioni va 2011-2012-yilgi ayollar Gran-prisi gʻolibi Xou Yifan oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Oʻnta oʻyinga moʻljallangan bellashuvning yettinchisi tugagandan soʻng, Xou Yifan 5,5:1,5 hisobida gʻalaba qozonib, chempionlikni qaytarib oldi[3].

Oldingi toʻqnashuvlar statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchrashuvdan oldin, 2013-yil 23-may holatiga ko‘ra, Anna Ushenina va Xou Yifan klassik vaqt nazorati bo‘yicha bir-birlariga qarshi 8 ta o‘yin o‘tkazgan va quyidagi statistik maʼlumotlarga ega[4]:

Anna Ushenina gʻalabasi Durang natija Xou Yifan gʻalabasi Jami
Anna Ushenina (oq) — Xou Yifan (qora) 0 0 1 1
Xou Yifan (oq) — Anna Ushenina (qora) 2 3 2 7
Jami 2 3 3 8

Chempionat oʻtkazilish shakli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chempionat Taizhou mehmonxonasida oʻnta klassik oʻyin yoki ikki oʻyinchidan biri 5,5 ochko toʻplagunicha davom etishi rejalashtirilgan edi. Vaqt nazorati dastlabki 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, keyin esa oʻyinning qolgan qismi uchun 30 daqiqa, birinchi yurishdan boshlab har bir yurish uchun 30 soniya oraligʻi bilan davom etadi. Agar 10 ta oʻyindan soʻng durang natija qayd etilsa, har bir oʻyin uchun 25 daqiqadan va har bir harakat oraligʻi oʻn soniyadan iborat toʻrtta tezkor oʻyin oʻtkazilishi kerak edi. Agar toʻrtta tezkor oʻyindan keyin ham hisoblar teng boʻlsa, besh daqiqa va uch soniyalik oraliq bilan vaqtni nazorat qilish orqali yana ikkita oʻyin oʻtkaziladi. Agar hisob shu holatdayam teng boʻlib qolsa, gʻolibni aniqlash uchun yana ikki tezkor oʻyin oʻtkaziladi. Agar shunday beshta oʻyindan keyin ham (yaʼni oʻnta oʻyindan keyin) gʻolib aniqlanmasa, bitta toʻsatdan oʻlim oʻyini oʻtkaziladi. Mukofot jamgʻarmasi 200 000 yevroni tashkil qiladi. Agar oʻyin oʻnta oʻyin ichida hal boʻlsa, gʻolibga 60 %, magʻlubga 40 % va oʻyin tay-brekda hal boʻlsa, 55 % va 45 % tarzida sovrin puli taqsimlanadu[5][6].

Chempionatning oʻtkazilish sanalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasman 10-sentyabr kuni ochilish marosimi boʻlib, dastlabki ikki o‘yin 11 va 12-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Har 2 ta oʻyindan keyin dam olish kunlari bor edi[7]. Ushenina oq rangni tanladi va birinchi oʻyinni oq donalar bilan boshladi. Umumiy hisobda Xou Yifan toʻrtta oʻyinda gʻalaba qozonib, uchta durang natijani qayt etdi va birorta oʻyinda magʻlubiyatga uchramadi. Shu tariqa Usheninani magʻlubiyatga uchratib, oʻtgan yili boy bergan chempionlik unvonini qaytarib oldi.



Reyting 1 2 3 4 5 6 7 Jami
 Anna Ushenina (Ukraina) 2500 0 ½ 0 ½ ½ 0 0 1.5
 Hou Yifan (Xitoy) 2609 1 ½ 1 ½ ½ 1 1 5.5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Top 100 Women September 2013“. FIDE. Qaraldi: 2013-yil 1-sentyabr.
  2. „2011/12 Grand Prix regulations“. FIDE. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
  3. „Hou Yifan regains the title of Women’s World Champion“. chessdom.com (2013-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-mart.
  4. „Anna Ushenina vs Hou Yifan“. ChessGames.com.
  5. „Women's World Championship begins on Tuesday“. chessbase.com (2013-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 10-sentyabr.
  6. „FIDE WWCC Match“. FIDE (2013-yil 8-sentyabr). 2013-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-sentyabr.
  7. „Women's World Championship begins on Tuesday“. chessbase.com (2013-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 10-sentyabr.