Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida amaldagi jahon chempioni xitoylik Ju Venjun

Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionini aniqlash uchun har yili jahon chempionati oʻtkaziladi. Shaxmat boʻyicha jahon chempionati singari u ham FIDE tomonidan boshqariladi.

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan koʻpgina sport turlaridan farqli oʻlaroq, shaxmat musobaqalari aralash (barchani oʻz ichiga oladi) yoki erkaklar va ayollarga oʻrtasidagi chempionatlarga boʻlinadi[1]. Ayollar shaxmatning aralash va ayollar oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqalarida qatnasha olishadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menchik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati FIDE tomonidan 1927-yilda shaxmat olimpiadasi bilan bir qatorda oʻtkaziladigan yagona turnir sifatida tashkil etilgan. Oʻsha turnir gʻolibi Vera Menchik erkaklar chempioni kabi maxsus huquqlarga ega emas edi. Aksincha, u barcha raqiblar kabi koʻp oʻyin oʻtkazib, unvonini himoya qilishi kerak edi. Menchik hayoti davomidagi barcha chempionatlarda qatnashib, chempionlik himoyasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan (1930, 1931, 1933, 1935, 1937 va 1939).

Sovet Ittifoqi shaxmatchilarining ustunligi (1950-1991)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:WomensWorldChamp1981.jpg
1981-yil Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati, Maya Chiburdanidze va Nana Iskandariya

Menchik 1944-yilda Kentda Germaniya havo hujumi tufayli vafot etadi va bu paytgacha chempionlikni hech kimga bermagan edi. Keyingi chempionat 1949-50-yillarda boʻladi va Lyudmila Rudenko bu turnirda gʻalaba qozonadi. Shundan soʻng, umumiy chempionat tizimiga oʻxshash tizim qabul qilinadi. Unga koʻra amaldagi chempion bilan toʻqnash keladigan raqibni tanlash uchun bir qator nomzodlar oʻrtasidagi bellashuvlar oʻtkaziladi.

Birinchi marta bunday nomzodlar turniri 1952-yilda Moskvada oʻtkazilgan. Nomzodlar bahsida Elisaveta Bykova gʻalaba qozonadi va Rudenkoni 7 ta gʻalaba, 5 ta magʻlubiyat va 2 ta durang bilan magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritadi. Navbatdagi nomzodlar turnirida Olga Rubtsova gʻolib chiqadi. Biroq, FIDE Olga Rubtsova va Bykovaning oʻzaro chempionlik bahsi oʻrniga, chempionatni dunyoning eng kuchli uch oʻyinchisi oʻrtasida oʻtkazishga qaror qiladi. Rudenkodan yetti yarim ochko, Bykovadan esa bir yarim ochko oldinda boʻlgan Rubtsova 1956-yilda Moskvada gʻalaba qozonadi. Bykova 1958-yilda unvonni qaytarib oladi va 1959-yilda nomzodlar turniri gʻolibi Kira Zvorykinaga qarshi bahsda chempionlikni himoya qiladi.

Toʻrtinchi nomzodlar turniri 1961-yilda Vrnjacka Banjada boʻlib oʻtadi va gruziyalik Nona Gaprindashvili toʻliq ustunlik bilan gʻalaba qozonadi. U 10 ta gʻalaba, 6 ta durang va magʻlubiyatsiz oʻyin koʻrsatgan edi. Keyin u 1962-yilda Moskvada 7 ta gʻalaba va 4 ta durang bilan Bykovani magʻlub etib, chempion boʻladi. Gaprindashvili 1965-yil Riga va 1969-yil Tbilisi /Moskvada rossiyalik Alla Kushnirga qarshi oʻyinda chempionlik unvonini himoya qilgan. 1972-yilda FIDE ayollar chempionati uchun umumiy chempionat bilan bir xil tizimni joriy qildi: bir qator zonalararo turnirlar va undan keyin nomzodlar oʻyinlari boʻladi. Kushnir yana gʻalaba qozonadi va 1972-yilga kelib Rigada Gaprindashvili magʻlub boʻladi. Gaprindashvili 1975-yilda Pitsunda /Tbilisida gruziyalik Nana Aleksandriyaga qarshi so‘nggi bor chempionlikni himoya qilgan edi.

1976-1978-yillarda nomzodlar turnirida gruziyalik 17 yoshli Maya Chiburdanidze Nana Aleksandriya, Elena Axmilovskaya va Alla Kushnirni magʻlub etib, 1978-yilda Tbilisida boʻlib oʻtadigan finalda Gaprindashvili bilan toʻqnash keladigan, kutilmagan yulduz boʻldi. Chiburdanidze Gaprindashvilini mag‘lubiyatga uchratadi va chempionlikni qoʻlga kiritadi. Chiburdanidze 1981-yilda Borjomi /Tbilisida Aleksandriyaga qarshi, 1984-yilda Volgogradda Irina Levitinaga qarshi chempionlik unvonini himoya qilgan. Shundan so‘ng FIDE „Nomzodlar“ turniri tizimini qaytadan joriy qiladi. Nomzodlar bahsida avvalroq Chiburdanidzega mag‘lub bo‘lgan Axmilovskaya turnirda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Sofiya-1986da Chiburdanidzega mag‘lub bo‘ladi.

Postsovet davr (1991-2010)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiburdanidzening chempionligi 1991-yilda Manilada tugaydi. U yerda yosh xitoylik yulduz Xie Jun Interzonalda hali ham faol boʻlgan Gaprindashvilidan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi. Nomzodlar turnirida Alisa Marich bilan durang oʻynagan va keyin tay-breykda Marichni magʻlub etganidan soʻng Chiburdanidzeni magʻlub etadi.

Aynan shu vaqt ichida Polgarlik opa-singillar Syuzan, Sofiya va Judit dominant oʻyinchilar sifatida paydo boʻladi. Biroq, ular ayollar chempionatidan koʻra ochiq turnirlarda qatnashishga afzal koʻrishar edi.

Syuzan Polgar oxir-oqibat ayollar turnirlarida ham qatnasha boshlaydi. U 1992-yilda Shanxayda boʻlib oʻtgan nomzodlar turnirida gʻolib chiqadi. Nomzodlar finalida turnirning eng yaxshi ikki ishtirokchisi oʻzaro toʻqnash kelishadi va Polgar va Ioseliani oʻrtasidagi 8 ta oʻyin, hatto ikkita tay-brekdan keyin ham durang natija qayd etiladi. Oxir-oqibat Loseliani gʻolib boʻladi va 1993-yil Monakodagi chempionatda Xie Jun ga 8½-2½ hisobida yutqazadi.

Keyingi siklda Polgar ustunlik qiladi. U nomzodlar turnirida Chiburdanidzeni osonlikcha magʻlub etadi (5½-1½) va 1996-yil Jaenda amaldagi chempion Xie Junni 4½-8½ hisobida magʻlub etadi.

1997-yilda rossiyalik Alisa Galliamova va xitoylik Xie Jun birinchi va ikkinchi oʻrinni egallashadi. Ammo Galliamova final uchrashuvini butunlay Xitoyda oʻtkazishdan bosh tortadi va natijada FIDE yoʻllanmani Xie Junga beradi.

Bu orada Polgar birinchi farzandini dunyoga keltiradi. U oʻyinni keyinroqqa qoldirishni soʻraydi, ammo FIDE rad javobini beradi. Oxir-oqibat Galliamova va Xie Jun oʻrtasida chempionat oʻtkaziladi. Chempionat Tataristonning Qozon va Xitoyning Shenyan shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Chempionatda Xie Jun beshta g‘alaba, uchta mag‘lubiyat va yetti durang bilan g‘alaba qozonadi.

2006-yilda unvon Xitoyga qaytadi. Yangi chempion Syu Yuxua boʻladi va u chempionat vaqtida homilador edi.

2008-yilda unvon rossiyalik grossmeyster Aleksandra Kostenyukga nasib etadi. U finalda xitoylik vunderkind 14 yoshli Xou Yifanni 2½-1½ hisobida magʻlub etadi.

2010-yilda unvon yana Xitoyga qaytadi. Avvalgi chempionatda ikkinchi o‘rinni egallagan Xou Yifan 16 yoshida ayollar o‘rtasidagi eng yosh jahon chempioniga aylanadi. U oʻz hamyurti Ruan Lufeyni 2:2 (klassik) va 3:1 (tezkor pley-off) hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Yillik turnirlar (2010-2018)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionati, Tirana 2011-yil

2010-yildan boshlab shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati har yili oʻzgaruvchan shakllarda oʻtkaziladi. Juft yillarda 64 oʻyinchidan iborat knockout formati, toq yillarda esa faqat ikkita oʻyinchi ishtirokida klassik oʻyin oʻtkaziladi[3]. 2011-yilgi chempionat 2010-yil chempioni Xou Yifan va 2009-2011 yillardagi FIDE ayollar Gran-prisi gʻolibi oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Xou Yifan Gran-prini qoʻlga kiritganligi sababli, uning raqibi ikkinchi oʻrinni egallagan Koneru Xumpi edi[4].

2011-yilda Xou Yifan 2011-yilda Tirana (Albaniya) shahrida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Koneru Xumpiga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda jahon chempioni unvonini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Xou Yifan 7 ta oʻyinda 3 ta gʻalaba va 5 ta durang oʻynab chempionlikni qayta qoʻlga kiritadi.

Hou Yifan Xanti-Mansiyskda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 2012-yilgi jahon chempionatida ikkinchi raunddayoq magʻlubiyatga uchraydi. Turnirda 30-o‘rinni egallagan Anna Ushenina finalda Antoaneta Stefanovani 3½-2½ hisobida mag‘lub etib chempion boʻladi.

2013-yilgi shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati amaldagi chempion Anna Ushenina va 2011-2012-yilgi FIDE Gran-prisini qo‘lga kiritgan Xou Yifan o‘rtasida boʻlib oʻtadi. 7 ta oʻyindan soʻng Xou Yifan 5,5:1,5 hisobida gʻalaba qozonib, chempionlikni qaytarib oladi.

Hou 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida oʻz unvonini himoya qilishdan bosh tortganidan soʻng, finalda Mariya Muzychuk Natalya Pogoninani magʻlub etib, yangi chempion boʻladi.

2016-yilda ayollar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida Hou Yifan Muzychukni 6:3 hisobida mag‘lub etib, 4-marta ayollar oʻrtasida jahon chempionati chempioni boʻladi.

Keyingi yili Tan Zhongyi 2017-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Anna Muzychukni magʻlub etadi.

Tan 2018-yilgi ayollar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bahsida Ju Venjunga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchrab, unvonini yo‘qotadi.

Match formatiga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli xil mezbonlik va vaqt muammolari tufayli, chempionatlar soʻnggi yillarda moʻljallangan yillik taqvimdan farq qila boshlaydi[5]. Match formatiga qaytish maqsadida FIDE 2018-yilda ikkinchi jahon chempionatini oʻtkazadi.

2018-yilgi chempionat turniridan soʻng FIDEning yangi prezidenti Arkadiy Dvorkovich chempionatning faqat match formatiga qaytarilishini maʼlum qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, har yili yaratilgan turli xil chempionlar umuman chempionlik unvonini obroʻsizlantiradi[6]. Aleksandra Goryachkina 2019-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan „Nomzodlar“ turnirida jahon chempionatiga chiqish yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatlari roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mezbon mamlakat Mezbon shahar Jahon chempioni Ikkinchi oʻrin (lar) Yutgan (+) Yutqazgan (−) Durang (=) Format
Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (1927-1944)
1927 Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya London Vera Menchik Katarina Beskow 10 0 1 12 oʻyinchidan iborat boʻlgan davra musobaqasi
1930 Gamburg Vera Menchik Paula Wolf-Kalmar 6 1 1 5 oʻyinchidan iborat ikkita aylanali turnir
1931  Chexiya Praga Vera Menchik Paula Wolf-Kalmar 8 0 0 5 oʻyinchidan iborat ikkita aylanali turnir
1933 Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Folkestone Vera Menchik Edith Charlotte Price 14 0 0 8 oʻyinchidan iborat ikkita aylanali turnir
1934  Niderlandiya Rotterdam Vera Menchik Sonja Graf 3 1 0 4 ta oʻyinli musobaqa
1935  Polsha Varshava Vera Menchik Regina Gerlecka 9 0 0 10 oʻyinchidan iborat boʻlgan davra musobaqasi
1937 Iyul  Avstriya Semmering Vera Menchik Sonja Graf 9 2 5 16-oʻyin iborat musobaqa
1937 Avgust  Shvetsiya Stokgolm Vera Menchik Clarice Benini 14 0 0 26 oʻyinchi oʻrtasida Shveytsariya tizimidagi turnir
1939  Argentina Buenos Ayres Vera Menchik Sonja Graf 17 0 2 20 oʻyinchidan iborat davra tizimidagi turnir
Menchik 1944-yilda amaldagi jahon chempioni sifatida vafot etgan.
Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (1944-1950)
Interregnum
Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (1950-1999)
1950  SSSR Moskva Lyudmila Rudenko 15 ta oʻyinchi 15 balldan 11½ ball 16 oʻyinchidan iborat davra boʻyicha turnir
1953  SSSR Moskva Elisaveta Bykova Lyudmila Rudenko 7 5 2 14 ta oʻyindan iborat musobaqa
1956  SSSR Moskva Olga Rubtsova Elisaveta Bykova 16 balldan 10 ball 3 oʻyinchi (Rubtsova, Bykova, Rudenko) oʻrtasidagi bahs
1958  SSSR Moskva Elisaveta Bykova Olga Rubtsova 7 4 3 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1959  SSSR Moskva Elisaveta Bykova Kira Zvorykina 6 2 5 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1962  SSSR Moskva Nona Gaprindashvili Elisaveta Bykova 7 0 4 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1965  SSSR Riga Nona Gaprindashvili Alla Kushnir 7 3 3 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1969  SSSR Tbilisi

Moskva
Nona Gaprindashvili Alla Kushnir 6 2 5 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1972  SSSR Riga Nona Gaprindashvili Alla Kushnir 5 4 7 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1975  SSSR Pitsunda

Tbilisi
Nona Gaprindashvili Nana Alexandria 8 3 1 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1978  SSSR Tbilisi Maia Chiburdanidze Nona Gaprindashvili 4 2 9 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1981  SSSR Borjomi

Tbilisi
Maia Chiburdanidze Nana Alexandria 4 4 8 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1984  SSSR Volgograd Maia Chiburdanidze Irina Levitina 5 2 7 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1986  Bolgariya Sofia Maia Chiburdanidze Elena Akhmilovskaya 4 1 9 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1988  SSSR Telavi Maia Chiburdanidze Nana Ioseliani 3 2 11 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1991  Filippin Manila Xie Jun Maia Chiburdanidze 4 2 9 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1993  Monako Monaco Xie Jun Nana Ioseliani 7 1 3 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1996  Ispaniya Jaén Susan Polgar Xie Jun 6 2 5 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
1999-yilda Polgar unvonidan mahrum boʻlgan.
Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (1999-2018)
1999  Rossiya

 Xitoy
Qozon

Shenyan
Xie Jun Alisa Galliamova 5 3 7 16 ta oʻyindan iborat musobaqa
2000  Hindiston Nyu Deli Xie Jun Qin Kanying 1 0 3 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (4 oʻyindan iborat chempionlik oʻyini)
2001  Rossiya Moskva Zhu Chen Alexandra Kosteniuk 2+3 2+1 0 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (chempionlik uchun 4 oʻyin va tay-breklar)
2004  Rossiya Elista Antoaneta Stefanova Ekaterina Kovalevskaya 2 0 1 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (4 oʻyindan iborat chempionlik oʻyini)
2006  Rossiya Yekaterinburg Xu Yuhua Alisa Galliamova 2 0 1 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (4 oʻyindan iborat chempionlik oʻyini)
2008  Rossiya Nalchik Alexandra Kosteniuk Hou Yifan 1 0 3 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (4 oʻyindan iborat chempionlik oʻyini)
2010  Turkiya Hatay Hou Yifan Ruan Lufei 1+2 1 2+2 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (chempionlik uchun 4 oʻyin va tay-breklar)
2011  Albaniya Tirana Hou Yifan Humpy Koneru 3 0 5 10 ta klassik oʻyindan iborat musobaqa
2012  Rossiya Khanty-Mansiysk Anna Ushenina Antoaneta Stefanova 1+1 1 2+1 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (chempionlik uchun 4 oʻyin va tay-breklar)
2013  Xitoy Taizhou Hou Yifan Anna Ushenina 4 0 3 10-game match; won early
2015  Rossiya Sochi Mariya Muzychuk Natalia Pogonina 1 0 3 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (4 oʻyindan iborat chempionlik oʻyini)
2016  Ukraina Lvov Hou Yifan Mariya Muzychuk 3 0 6 10-game match; won early
2017  Eron Tehron Tan Zhongyi Anna Muzychuk 1+1 1 2+1 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (chempionlik uchun 4 oʻyin va tay-breklar)
2018, May  Xitoy Shanghai

Chongqing
Ju Wenjun Tan Zhongyi 3 2 5 10 ta oʻyindan iborat musobaqa
2018, Noyabr  Rossiya Khanty-Mansiysk Ju Wenjun Kateryna Lagno 1+2 1 2+2 64 oʻyinchi ishtirok etadigan turnir (chempionlik uchun 4 oʻyin va tay-breklar)
Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2019-yildan 2023-yilgacha)
2020  Xitoy

 Rossiya
Shanxay

Vladivostok
Ju Wenjun Aleksandra Goryachkina 3+1 3 6+3 12 ta klassik oʻyin (+ tay-brek)
2023 Ju Wenjun vs. TBD

Eng koʻp chempion boʻlgan shaxmatchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]