Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shavqiy kattaqoʻrgʻoniy (taxal lusi; ismi Muhammad Sharif) (1785 — Kattaqoʻrgʻon tumani — 1861) — oʻzbek shoiri.

Buxorodagi Govkushon madrasasida tahsil olgan. Oʻzbek, tojik va arab tillarida ijod qilgan. Uning bir devon va turli bayozlardagi lirik sheʼrlarining umumiy hajmi 3000 misra atrofida. Bular ichida gʻazal salmokli oʻrin tutadi. Sh. K. sheʼriyatida, shuningdek, muxammas, musaddas, musabbaʼ, musamman, muashshar, masnaviy, ruboiy, fard, qitʼa, marsiya, muvashshah, chiston janriga mansub sheʼrlar ham uchraydi.

SH.K.ning sheʼrlarida insondagi goʻzal maʼnaviy fazilatlar madh etilgan. U Bedil, Navoiy, Fuzuliy, kabi shoirlarning adabiy anʼanalarini davom ettirib, oʻzining komil inson borasidagi fikrlarini falsafiy mushohadalar, tasavvufiy qarashlar, diniy ehtiroslar pardasiga oʻrab bergan.

SH.K. musulmonchilik qonunqoidalarining qisqa majmui — "Muxtasar ulviqoya" masnaviysini "Mirʼot almuxtasar" nomi bilan tojik tilida sharhlagan. taxminan 23 ming misradan iborat boʻlgan bu risola 26 bob — faslga boʻlinadi. Huquq mezonlari, axloqiytaʼlimiy qarashlar har bir faslda bayon shaklida berib borilgan. Asar oxirida kitobdagi arabcha soʻz va istiloxlarning lugʻaviy maʼnolariga izoh beruvchi soʻzlik ilova qilingan. Shuningdek, arab grammatikasiga oid "Risolai qofiya yo mirʼot unnahv" asarini yozgan. Sh.K. devonlari nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №4634) va Tojikiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 1899) da saqlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tanlangan asarlar, T., 1964.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek adabiyoti tarixi [4 j.], T., 1978.