Shavkat Rahmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shavkat Rahmon (1950-1996)dan yoʻnaltirildi)
Shavkat Rahmon
Tavalludi 12-sentyabr 1950-yil
Vafoti 2-oktyabr 1996-yil(1996-10-02)
(46 yoshda)
Kasbi shoir, tarjimon
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1996)

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asr oʻzbek sheʼriyatining oʻziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950-yil 12-sentyabrda Oʻsh (shahar) shahrida tugʻilgan. Otasi Rahmonberdi va onasi Oftobxon asli shahrixonlik edilar. 1966-yil oʻrta maktabni bitirgach, ikki yil ketma-ket ToshDUning filologiya fakultetiga oʻqishga hujjat topshiradi, lekin tanlovdan oʻta olmaydi.

Matbuotda Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov eʼlon qilingach, oʻz sheʼrlarini yuboradi va tanlovdan oʻtadi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muxammad Doʻst, Sobit Madaliev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1973-yili Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga koʻchib keldi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul xodim boʻlib ishladi. Shavkat Rahmon 1996-yil 2-oktyabrda uzoq davom etgan ogʻir kasallikdan soʻng vafot etdi[1][2].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoirning dastlabki sheʼrlari Oʻsh viloyati gazetalarida bosildi. 1978-yilda „Rangin lavhalar“ nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etildi. Shundan soʻng „Yurak qirralari“ (1981), „Ochiq kunlar“ (1983), „Gullayotgan tosh“ (1984), „Uygʻoq togʻlar“ (1986), „Hulvo“ (1988) kabi qator sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. Shavkat Rahmon oʻz qoʻli bilan tayyorlagan „Saylanma“si vafotidan keyin 1997-yilda nashr etilgan. Bundan tashqari Sh. Rahmon ispan shoiri Garsia Lorkaning sheʼrlarini ispan va rus tillarida oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996 yilda shoirga „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berildi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „SHAVKAT RAHMON (1950-1996)“ (2013-yil 28-oktyabr). 2023-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  2. https://www.amerikaovozi.com/a/uzbek-literature-in-southern-kyrgyzstan/3069850.html