Shape of My Heart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Shape of My Heart“
Sting qoʻshigʻi
„Ten Summoner's Tales“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1993-yil avgust
Janr Soft-rok
Davomiyligi 4:41
Leybl A&M
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
Sting singllari xronologiyasi
„Fields of Gold“
(1993)
Shape of My Heart
(1993)
„Nothing 'Bout Me“
(1993)
Klipi
„Shape of My Heart“ YouTubeda

Shape of My Heart“ (tarjimasi „Yuragim shakli“) — ingliz xonandasi Sting ijro etgan qoʻshiq. 1993-yilning avgustida Stingning „Ten Summoner's Tales“ nomli studiyaviy albomining beshinchi tregi oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqni Sting gitarachi Dominic Miller bilan hamkorlikda yozgan. Sting qoʻshiq orqali qarta oʻyinchisi haqida hikoya qilishni istaganini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, qoʻshiq qahramoni yutish uchun emas, balki omad bilan bogʻliq mistik mantiqni va qandaydir ilmiy asosni aniqlash ilinjida qarta oʻynaydi[1].

Tarona eʼlon qilinganidan keyin Buyuk Britaniya xit-paradlarida eng yuqori 50 pogʻonaga kira olmagan. Bunga qaramay, yillar davomida qoʻshiq klassik kompozitsiyaga aylangan hamda Sting yakkaxon karyerasi davomida yozib olgan eng taniqli kuylarning biriga aylangan. „Shape of My Heart“ qoʻshigʻi Spotify platformasida 2022-yilga qadar 220 million martadan oshiq tinglangan.

Qoʻshiqda ijro etilgan garmonika partiyasini sozanda Larry Adler ijro etgan. Qoʻshiqdagi gitara partiyasi keng tanilgan boʻlib, mazkur rifdan bir necha qoʻshiqda, jumladan, Nas ijrosidagi „The Message“ (1996), „Sugababes“ ijrosidagi „Shape“ (2003), Craig David ijrosidagi „Rise & Fall“ (2003), Juice WRLD ijrosidagi „Lucid Dreams“ (2018) hamda BLEU ijrosidagi „You’re Mines Still“ qoʻshiqlarida foydalanilgan. Shuningdek, „Shape of My Heart“ qoʻshigʻi „Three of Hearts“ (1993) hamda „Léon“ (1994) filmlarida yangraydi.

„Shape of My Heart“ qoʻshigʻi uchun rejissor Doug Nichol Stingning Wiltshiredagi uyida klip suratga olgan[2]. Klipda Sting qoʻshiqni bir guruh musiqachi bilan ijro etayotgani tasvirlangan. Klip 1993-yilning sentyabrida ommaga taqdim etilgan.

Xit-paradlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sertifikatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xit-parad (1993) Oʻrni
Italiya bayrogʻi Italiya (FIMI) Oltin Oltin
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya (RIAJ) Oltin Oltin

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shape Of My Heart by Sting“ (inglizcha). Songfacts. Qaraldi: 7-sentyabr 2022-yil.
  2. „Sting: Shape of My Heart (Music Video 1993) - IMDb“ (inglizcha). IMDb. Qaraldi: 7-sentyabr 2022-yil.
  3. „Íslenski Listinn Topp 40 (19.08.1993-26.09.1993)“ (islandcha). Dagblaðið Vísir - Tónlist. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
  4. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  5. "Sting – Shape of My Heart" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  6. "Sting – Shape of My Heart" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  7. "Sting – Shape of My Heart" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  8. „Árslistinn 1993“ (islandcha) (1994-yil 4-yanvar), s. 17. Qaraldi: 2022-yil 12-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]