Shang Yang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xitoy faylasufi Shan Yan(miloddan avvalgi 390-338) kambaxallashgan aslzoda oiladan boʻlib, xaqiqiy ismi Gunsun Yan edi. SHan Yan Veysaltanati hukmdori Ven-xo uning birinichi vaziri faylasuf Li Kuy(miloddan avvalgi 424-386) ning qoʻlida taxsil olgan. Keyinchalik u saroyda maslaxatchi va isloxotchi vazifalarida xizmat qilgan. Shan Yan legistlar maktabining vakillaridan edi. Uning „Shan viloyati hukmdorining kitobi“ nomli asari bizgacha maʼlum. Sin hukmdori Syao Gun(miloddan avvalgi 361-388) Shan Yan taʼlimoti bilan qiziqib, unga davlat isloxotlarini oʻtkazishni ishonib topshiradi. Bu voqea qadimiy Xitoyda yangi falsafiy taʼlimotning ilk bor xayotga tatbiq etilishi sifatida tarix sahifalariga bitildi va bu ish katta muvaffaqiyatlar bilan amalga oshirildi. Shan Yan oʻta yuksak farosat soxibi edi. U oʻz isloxotlari baʼzi guruhlar tomonidan qarshilikka uchrashini avvaldan koʻra bildi. Shu bois barcha shubxa va gumonlarning oldini olish, jamoatchilikka davlat qonunlarining kuchigat ishonch tuygʻularini uygʻotish uchun avvaldan maxsus farmon chiqardi. Bu gʻaroyib farmonda kimda-kim katta gʻoʻlani yelkasiga ortib, mamlakat poytaxtining shimoliy darvozasidan janubiy darvozasiga qadar olib borsa, oʻsha odamni 10 tilla tanga bilan mukofotlash vaʼda qilingandi. Oʻsha vaqtlarda 10 tilla tanga juda katta boylik sanalardi. Shu tufayli farmonni eshitgan fuqorolar ishonishni ham, ishonmasliklarini ham bilmay qoldilar. Xech kim bu ishni bajarishga jur’at etmadi. Shunda poytaxtning markaziy maydonida mukofot 50 tilla tanga qilib belgilangani haqida farmoyish oʻqib eshittirildi. Bir fuqaro bu ishni amalga oshirishga rozilik bildirib, gʻoʻlani xammaning koʻz oʻngida yelkasiga orti-da, shaharning bir burjida ikkinchi burjiga olib bordi. Xukumat vakillari xaloyiq guvoxligida 50 tilla tangani sanab, egasiga topshirdi. Bu tadbir odamlarni davlat qonunlariga ishontirish maqsadida atayin oʻylab topilgandi. Buyuk xitoy faylasufi Shan Yan miloddan avvalgi 338-yilda vafot etgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]