Shamsuddin Juvayniy
| Shamsuddin Juvayniy | |
|---|---|
forscha: شمسالدین جوینی | |
|
Tekuder va Shamsiddin 1430-yilgi miniatyurada | |
| Sohibi devon | |
|
Mansab davri 1263 – 1284 | |
| Vorisi | Faxriddin Mustavfiy |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Vafoti | 16-oktyabr 1284-yil (58 yosh)[1] |
| Oʻlim sababi | qatl etilgan |
| Turmush oʻrtogʻi |
Koshak[2] (Arman shahzodasAvag Mxargrdzeliining qizi) |
| Munosabatlari | Juvayniy oilasi |
| Bolalari | 2ta: Sharofiddin Horun Juvayniy |
Shamsuddin Juvayniy (forscha: شمسالدین جوینی) – fors davlat arbobi va Juvayniy oilasining aʼzosi. U Hulokuiylar davlatining dastlabki siyosiy arboblaridan boʻlib, toʻrt moʻgʻul ilxonlari – Huloku, Abaqa, Tegudar va Argʻun ibn Abaqaxon davrida sohibi devon (vazir va moliya vaziri) lavozimida ishlagan. 1284-yilda Argunxon Shamsuddinni Abaqani zaharlaganlikda ayblab qatl ettirdi[3]. Shamsuddin sanʼat homiysi sifatida ham tanilgan, uning qoʻllab-quvvatlagan sanʼatkorlari orasida musiqachi Safiyuddin Urmaviy ham bor edi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xurosonning Juvayn shahrida tugʻilgan Shamsuddin Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid davrida (h. 786–809) yuqori lavozimlarda ishlagan al-Fazl ibn ar-Rabiy avlodidan boʻlgan fors zodagonlar oilasiga mansub edi[1]. Uning otasi Bahouddin Muhammad soʻnggi Xorazmshohlar hukmdori Jaloliddin Manguberdi xizmatida boʻlgan, keyin esa Moʻgʻullar imperiyasining Xuroson va Mozandaron hokimi Chin Temurga xizmat qilgan[1].
Shamsuddin Ota-Malik Juvayniyning ukasi boʻlib, u „Tarixi jahongusho“ („Dunyoni zabt etganlar tarixi“) asari muallifi hisoblanadi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1263-yilda Huloku Shamsuddinni oʻzining sohibi devoni etib tayinlaydi. Uning taʼsiri Tusiy Nosiriddin bilan doʻstligi va Xuroson hokimi Argʻun Ogʻaning qiziga uylanishi tufayli yanada kuchaydi. Shamsuddin Tabriz hokimi etib tayinlandi va moʻgʻullar bosqinidan zarar koʻrgan Erondagi qayta qurish ishlarida muhim rol oʻynadi. U Ozarbayjonda koʻprik, Saveh yaqinida toʻgʻon qurdirdi, Iroqdagi masjidlarni qayta tiklatdi va haj yoʻllarini ochishga yordam berdi[1].
Shamsuddin harbiy ishlarda ham qatnashgan. 1270-yilda Chigʻatoy ulusiga qarshi Herat jangida Abaqaga (h. 1265–1282) maslahat bergan, 1277-yilda Anadoluga qilgan yurishda musulmon qishloqlarini asrab qolishga erishgan. U, shuningdek, Kavkaz qabilalari bilan janglarda qatnashgan[1].
Shamsuddin Kurt, Qutlugʻxonlar, Solgʻuriylar va Hazoraspiylar kabi Hulokuiylarga vassal boʻlgan davlatlar bilan yaqin aloqada boʻlgan. U oʻgʻli Bahouddin Muhammadni Fors Iroqi hokimi, yana bir oʻgʻli Sharofiddin Horun Juvayniyni Anadolu hokimi etib tayinlagan.
1282-yilda Abaqaning vafotidan soʻng uning ukasi Tegudar va oʻgʻli Argun oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Shamsuddin 1269-yilda arman malikasi Xoshak Zakarianga uylangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Biran 2009, ss. 71–74.
- ↑ Dashdondog, Bayarsaikhan. The Mongols and the Armenians (1220-1335). Brill, 2011 — 166-bet. ISBN 978-90-04-18635-4.
- ↑ Judith G. Kolbas (2006), The Mongols in Iran: Chingiz Khan to Uljaytu 1220–1309, pp. 240, 382, 385. Routledge, ISBN 0700706674.
- ↑ Blessing, Patricia. "Building a Frontier: Architecture in Anatolia under Ilkhanid Rule," in: Filiz Yenişehirlioğlu and Suzan Yalman (eds) Cultural Encounters in Anatolia in the Medieval Period: The Ilkhanids in Anatolia, symposium proceedings, 21-22 May 2015, Ankara (Ankara: VEKAM Publications, 2020), 65-85.. Koç Üniversitesi VEKAM, 1 January 2020 — 67-bet.