Hamidulla Shamsiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hamidulla Ubaydullayevich Shamsiddinov (1940.27.10, Toshkent) — dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konservatoriyasini cholgʻu ijrochiligi (qashqar rubobi, 1962) xamda operasimfonik dirijyorligi (1968) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasining A xalq cholgʻulari op I kestrida sozanda I (195863), Navoiy teatrida dirijyor (1968–2002, 1990-yildan bosh dirijyor). Dirijyorlik uslubi aniq xarakatlar, musiqa rivojining sahna jarayoni bilan uzviy bogʻlanishga asoslangan. Repertuaridan Oʻzbekiston kompozitorlari ("Dilerom", "Sevgi tumori", M.Ashrafiy; "Suhayl va Meqri", M.Leviyev; "Zebunniso", "Malikai ayyor", Sayfi Jalil; "Taxtga yoʻl", N.Zokirov va boshqalar) va chet el mumtoz ("Yevgeniy Onegin", "Iolanta", P.Chaykovskiy; "Figaroning uylanishi", "Sehrli fleyta", V.Motsart va boshqalar) opera va baletlari urin olgan. Navoiy teatrida bir necha spektaklni dirijyor sifatida sahnalashtirgan (Ik. Akbarovning "Navroʻz", F.Amirovning "1001 kecha" baletlari va boshqalar). Tailand, Xitoy (Gonkong), Singapur mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2001).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil