Shamsiddin Eltutmish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shamsiddin eltutmishdan yoʻnaltirildi)

Shamsiddin Eltutmish - Dehli sultonligi hukmdori (1211—36), gʻulomlar sulolasidan. Yoshligida Dehli sultonligi asoschisi Qutbiddin Oyboqning turk gʻulomi boʻlgan, keyinchalik bir qator viloyatlarning noibi (muqta) etib tayinlangan. Sultonlikka Panjob va Sindni qoʻshib olgan va hind knyazlari bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borgan. 1229-yili Bagʻdod xalifasi tomonidan mustaqil hukmdor (sulton) deb eʼtirof etilgan. Shamsiddin Eltutmish davrida Dehlida yirik diniy inshootlar qurilishi olib borilgan.