Kontent qismiga oʻtish

Shamsia Hassani

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shamsia Hassani
Tavalludi
Ommolbanin Hassani

1988-yil
Fuqaroligi Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston
Taʼlimi Kobul universiteti
Kasbi rassom, graffiti rassomi, universitet oʻqituvchisi
Veb-sayti shamsiahassani.net
Shamsia Hassani (Afgʻoniston)

Shamsia Hassani (talaffuzi: Shamsiya Hassaniy; asl ismi Ommolbanin Hassani, 1988-yil, Tehron, Eron) – afgʻon graffiti rassomi, Kobul universitetining tasviriy sanʼat oʻqituvchisi hamda rasm va anatomik rasm boʻyicha dotsenti. Shamsia Kobul koʻchalarida street artni ommalashtirgan va oʻz tasviriy sanʼat asarlarini Hindiston, Eron, Germaniya, AQSh, Shveysariya, Vyetnam, Norvegiya, Daniya, Turkiya va Italiya kabi bir qancha mamlakatlarda, shuningdek, Kobuldagi diplomatik missiyalarda namoyish etgan[1][2]. Shamsia jamiyatning urush davriga oʻz munosabatini bildirish maqsadida Kobulda graffiti chizadi. 2014-yilda Hassani Foreign Policy jurnali tomonidan dunyoning eng yaxshi 100 nafar mutafakkiri roʻyxatiga[3][4], 2021-yilda BBC tomonidan „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan[5].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dorul Omon saroyidagi graffiti (Kobul, Afgʻoniston)
Shveysariyadagi Shamsia Hassanining graffitisi

Shamsia Hassani 1988-yilda Tehronda tugʻilgan va bolaligini Eronda oʻtkazgan, urush tufayli ota-onasi Qandahordan vaqtincha bu yerga koʻchib kelgan. Bolaligidanoq rassomchilikka qiziqa boshlagan. Toʻqqizinchi sinfda oʻqiyotgan Hassani tasviriy sanʼat sinflarida rasm chizish bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega emas boʻlmagan, chunki Eronda afgʻonlarga rasm chizishga ruxsat berilmagandi. 2005-yilda Kobulga qaytgach, Kobul universitetida sanʼat yoʻnalishida tahsil olgan. Hassani Afgʻonistonning Kobul universitetida rassomlik yoʻnalishida bakalavr va tasviriy sanʼat yoʻnalishida magistr darajasiga ega boʻlgan. Keyinchalik universitetda maʼruzalar oʻqishni boshlaydi, soʻngra Kobul universitetida rasm va anatomik rasm yoʻnalishida dotsent ilmiy unvoniga ega boʻladi, shuningdek, „Berang Arts“ zamonaviy sanʼat guruhini yaratgan[6][7][8]. Shamsia rang-barang graffitilar yaratish orqali urushning salbiy oqibatlarini niqoblashga intiladi. Uning taʼkidlashicha, „obraz soʻzlarga qaraganda koʻproq taʼsirga ega va kurashning xayrixoh usulidir“[9]. Shamsia oʻz sanʼati orqali Afgʻonistonda ayollar duch kelgan va duch kelayotgan fojialarni eslatib, ayollar huquqlari uchun ham kurashadi. Shamsia 2010-yil dekabr oyida Kobulda britaniyalik graffiti rassomi Chu tomonidan tashkil etilgan seminarlarda graffiti sanʼatini oʻrgangan[10]. Ushbu mashgʻulotlardan soʻng Shamsia Kobul koʻchalari va devorlarda graffiti chizishni mashq qila boshlaydi. Graffiti chizish anʼanaviy sanʼat turlariga qaraganda arzonroq boʻlganligi sababli, Shamsia koʻcha sanʼatining ushbu turi bilan ishlashni davom ettirishga qaror qiladi. Asarlarining biri Kobul madaniyat markazi devorlarida joylashgan boʻlib, unda zinapoya tagida oʻtirgan burqa kiygan ayol tasvirlangan. Graffiti ostida ingliz tilidagi yozuv bor boʻlib, unda „Suv qurigan daryoga qaytishi mumkin, lekin oʻlgan baliq haqida nima deyish mumkin?“ (inglizcha: „The water can come back to a dried-up river, but what about the fish that died?“) deb yozilgan. Ommaviy taʼqiblar va chizgan asarlarii „noislomiy“ degan daʼvolardan qochish uchun Shamsia oʻz asarlarini tezda (15 daqiqa ichida) chizib tugatishga harakat qiladi[8]. 2013-yilda Shamsia shunday degandi: „Men devorlarga urush haqidagi yomon xotiralarni boʻyab qoʻymoqchiman va agar men bu yomon xotiralarni boʻyab qoʻysam, men (urushni) odamlarning ongidan oʻchirib tashlayman. Men Afgʻonistonning oʻz urushi bilan emas, balki sanʼati bilan mashhur boʻlishini istayman“ (inglizcha: „I want to colour over the bad memories of war on the walls, and if I colour over these bad memories, then I erase [war] from people's minds. I want to make Afghanistan famous for its art, not its war“)[7]. Shamsia asosan burqa kiygan ayollarning maʼlum uslubga solingan, monumental rasmlarini chizadi. Shamsia bu rasmlari orqali ayollarning afgʻon jamiyatiga yangi, yanada kuchliroq qiyofada qaytgani, ular gʻayratga toʻla, hammasini yangidan boshlashni istaydigan ayol ekanliklarini koʻrsatmoqchiligini aytib oʻtgan (inglizcha: „I want to show that women have returned to Afghan society with a new, stronger shape. It's a new woman. A woman who is full of energy, who wants to start again“)[7]. Hassani oʻz intervyusida shunday deydi: „Men Afgʻonistondagi ayollar duch keladigan barcha muammolarni unutib qoʻyadigan koʻplab odamlar borligiga ishonaman, shuning uchun men oʻz rasmlarimdan odamlarga buni eslatish vositasi sifatida foydalanaman. Men bu masalani burqa kiygan ayollarning keng tarqalgan tasvirlari orqali jamiyatda yoritmoqchiman… Men odamlarning ularga boshqacha qarashlariga harakat qilaman“ (inglizcha: „I believe there are many who forget all the tragedy women face in Afghanistan; that is why I use my paintings as a means to remind the people. I want to highlight the matter in the society, with paintings reflecting women in burqas everywhere. And I try to show them bigger than what they are in reality, and in modern forms, shaped in happiness, movement, maybe stronger. I try to make people look at them differently“)[9]. Kobulning koʻplab aholisi koʻchada graffiti chizayotgan ayolni islom nuqtayi nazaridan nomaqbul deb topgani uchun Shamsia tez-tez uchun bosimga uchraydi[11].

  1. „Shamsia Hassani“. Kabul Art Project. 2026-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 11-mart.
  2. Graham-Harrison, Emma. „Shamsia Hassani“ (2012-yil 24-fevral). Qaraldi: 2026-yil 11-mart.
  3. „A World Disrupted: The Leading Global Thinkers of 2014 | Shamsia Hassani“. Qaraldi: 2026-yil 30-mart.
  4. „Shamsia Hassani: Afghanistan's Street Art Star - in pictures“. The Guardian (2014-yil 17-dekabr).
  5. „BBC 100 Women 2021: Who is on the list this year?“ (inglizcha). BBC News (2021-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2026-yil 30-mart.
  6. „شبکه آموزشی تربیتی رشد“ [Educational Network Growth] (forscha). 2026-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 12-mart.
  7. 1 2 3 „Shamsia Hassani: 'I want to colour over the bad memories of war'“ (2015-yil 17-sentyabr). 2026-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 12-mart.
  8. 1 2 Clark, Nick. „Afghan graffiti artist Shamsia Hassani shortlisted for Artraker Award - but she still has to dodge landmines to create her work“ (2014-yil 14-sentyabr). 2026-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 12-mart.
  9. 1 2 „Street Art Bio | Street Artists Biographies“. Street Art Bio | Street Artists Biographies. 2026-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 12-mart.
  10. „Portfolio of interior and exterior artwork designed and painted by Chu“. 2026-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 12-mart.
  11. „She Is Afghanistan's First Street Artist, and She Might Actually Change Our Views“. The Huffington Post UK. 2026-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 12-mart.