Shamolli orollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shamolli Orollardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shamolli orollar, Karib orollari — Karib dengizidagi marjon va vulkan orollari guruhi, Kichik Antil orollari arxipelagining Trinidad va Virginiya o.lari oraligʻidagi sharqiy qismi. Yirik orollari: Gvadelupa, Dominika, Martinika, Grenada, SentVinsent, SentLyusiya, Antigua va boshqa Umumiy maydoni 6 ming km². Relyefi, asosan, togʻli, eng baland joyi 1447 m (Dominika o.da). Harakatdagi vulkanlar bor. Iklimi tropik passat, yillik yogʻin 1500–2000 mm, asosan, yezda yogʻadi. Tabiiy oʻsimliklari (doim yashil oʻrmonlar va butazorlar) kam saklangan. Shakarqamish, sitrus mevalar, kofe, kakao, banan plantatsiyalari bor. Yirik shaharlari: FordeFrans, PuentaPitr, BasTer, Kastri va boshqa Shamolli orollarga yevropaliklardan ilk bor X. Kolumb 1493—1502 yillarda borgan. Orollar shim.sharqiy passat oqi miga nisbatan roʻpara joylashganligi sababli Shamolli orollar deb nomlangan.