Kontent qismiga oʻtish

Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti

Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti
IATA kodi: ELQ – ICAO kodi: OEGS
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Operator Matarat Holding Company
Xizmat doirasi Al-Qassim viloyati
Joylashuvi Burayda shahri chetidagi Mulayda shaharchasi, Saudiya Arabistoni
Dengiz sathidan balandligi 2,126[1] ft / 648[1] m
Koordinatalari 26°18′10″N 043°46′26″E / 26.30278°N 43.77389°E / 26.30278; 43.77389
Vebsayti matarat.com.sa
Xarita
ELQ (Saudiya Arabistoni)
ELQ
Aeroportning Saudiya Arabistoni xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
15/33 9,843 3,000 Asfalt

Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti (arabcha: مطار الأمير نايف بن عبدالعزيز الدولي‎‎) (IATA: ELQ, ICAO: OEGS), sobiq Qosim xalqaro aeroporti, Saudiya Arabistonining Burayda shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport hisoblanadi[2]. Aeroport Buraydaning chetidagi Mulayda shaharchasida joylashgan. Saudiyaning sobiq valiahd shahzodasi Naif bin Abdulaziz sharafiga nomlangan va birinchi navbatda, qirollikning shimoliy viloyatlariga xizmat qiladi. Xalqaro yoʻnalishlar 9 ta davlat bilan cheklangan: BAA, Misr, Bahrayn, Ozarbayjon (mavsumiy), Bosniya va Gerzegovina (mavsumiy), Qatar, Kuvayt, Pokiston va Turkiya. 1964-yilda tashkil qilingan[3] aeroport Matarat Holding Company tomonidan egalik qilinadi va boshqariladi. Saudiya podshohi Abdulloh ibn Abdulazizning 2012-yil 5-iyuldagi qirollik farmoni bilan sobiq valiahd shahzoda Naif bin Abdulaziz xotirasiga bagʻishlab uning nomi berilgan[4][3].

Oʻsha paytda valiahd shahzoda hamda mudofaa va aviatsiya vaziri boʻlgan shahzoda Sulton 2003-yilda aeroportdagi qirollik terminalini kengaytirish loyihasini boshladi. Saudiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi 1964-yildan beri kengaytirish loyihalariga 300 million riyoldan ortiq mablagʻ sarfladi va aeroport Saudiya Arabistonining markaziy mintaqasidagi asosiy aviatsiya markazi sifatida oʻz mavqeini mustahkamlab, yanada kengayishda davom etmoqda[3].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Airport
AviakompaniyaManzillar
Air ArabiaQohira, MisrSavhoj[5], Sharja
Air CairoQohira, MisrSavhoj
AlMasria Universal Airlines, Misr bayrogʻi MisrQohira
Azerbaijan AirlinesMavsumiy charter: Boku[6]
EgyptairQohira
flyadeal, Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya ArabistoniDammom, Jidda
flydubaiDubay–Xalqaro
flynas, Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya ArabistoniAbxa, Dammom, Jidda
Mavsumiy: Bosniya va GersegovinaSarayevo[7]
Gulf AirBahrayn
Jazeera AirwaysKuvayt[8]
Nesma Airlines, Misr bayrogʻi MisrHaʼil, Qohira
Nile AirQohira, MisrSavhoj
Pakistan International AirlinesIslomobod, Lohur, PokistonMoʻlton[9]
Qatar AirwaysDoha[10]
SaudiaAr-Riyod, Dammom, Jidda, Madina
Turkish AirlinesIstanbul[11]

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2005-yil 28-mayda aeroportda turgan uchta harbiy vertolyot yonib ketdi va angar yonidagi binolarga ham zarar yetkazdi. Baxtsiz hodisa natijasida hech kim halok boʻlmadi[12].