Kontent qismiga oʻtish

Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroporti

Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroporti
مطار الأمير محمد بن عبد العزيز الدولي
IATA kodi: MED – ICAO kodi: OEMA
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi TAV Airports Holding
Operator TIBAH Airports Development Co.
Xizmat doirasi Madina
Joylashuvi Madina, Saudiya Arabistoni
Ochilgan 1950 (76 yil avval) (1950)
Havo yoʻli tuguni Saudia
Dengiz sathidan balandligi 2,151 ft / 656 m
Koordinatalari 24°33′12″N 039°42′18″E / 24.55333°N 39.70500°E / 24.55333; 39.70500
Vebsayti tibahairports.com
Xarita
MED (Saudiya Arabistoni)
MED
Aeroportning Saudiya Arabistoni xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
17/35 14,222 4,335 Asfalt
18/36 10,007 3,050 Asfalt
Maʼlumotlar (2018)
Yoʻlovchilar soni 8 144 790[1]
Parvozlar soni 60 665[1]

Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroporti (arabcha: مطار الأمير محمد بن عبد العزيز الدولي‎‎) yoki Madina aeroporti (IATA: MED, ICAO: OEMA) – Saudiya Arabistonining Madina shahriga xizmat koʻrsatuvchi mintaqaviy aeroport. 1950-yilda ochilgan aeroportda mahalliy reyslar va Al-Quvayt, Dubay, Istanbul va Qohira kabi mintaqaviy yoʻnalishlarga xalqaro qatnovlarni amalga oshiriladi. Haj va umra mavsumlarida xalqaro charter reyslariga ham xizmat koʻrsatadi. Ziyoratchilar faqat shu aeroport va Jidda aeroporti orqali Saudiya Arabistoniga kira oladi. Madina aeroporti mamlakatning toʻrtinchi eng gavjum aeroporti va Yaqin Sharqning eng gavjum aeroportlaridan biridir. 2018-yilda 8 144 790 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan[1].

Umumiy tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Roʻyxatdan oʻtish zalining ichki qismi
Pakistan International Airlines Boeing 747-300 samolyoti
Aeroportning avtoturargohi

Aeroport 2007-yilda xalqaro maqomni olgan. Turkiyaning TAV Airports Holding hamda Saudiya Arabistonining Saudi Oger Limited va Al Rajhi Holding Group kompaniyalaridan iborat konsorsium gʻolib boʻlgan. 2011-yil oktyabrda konsorsium Saudiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi (GACA) bilan al-Madina al-Munavvaradagi Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroportini qurish va foydalanish boʻyicha 25 yillik shartnoma imzoladi. Loyiha 2012-yil 30-iyunda moliyaviy yakuniga yetdi va Saudiya Arabistoni banklari klubidan umumiy miqdorda 1,2 mlrd dollarlik moliyashtirish paketini qoʻlga kiritdi[manba kerak]. GACA aeroport infratuzilmasiga egalik huquqini saqlab qolgan holda „Qurish-boshqarish-topshirish“ (inglizcha: Build-Transfer-Operate (BTO)) loyihasi hisoblanadi. Ushbu loyiha uchun tuzilgan maxsus kompaniya – TIBAH Airports Development Company Limited orqali konsorsium aeroportni boshqarish, xususan, havo va yerdagi hududlar uchun javobgar boʻladi. GACA regulyator sifatida ishlashda davom etadi va havo harakatini boshqarish uchun javobgar boʻladi[manba kerak].

25 yillik konsessiya Saudiya Arabistonidagi birinchi toʻliq davlat-xususiy sheriklik loyihasi hisoblanadi. Loyihaning dastlabki qurilish qiymati 1,2 mlrd AQSh dollarni tashkil etadi, kelajakdagi investitsiyalar va kengayishlar hisobiga 1,5 mlrd dollargacha yetishi mumkin. Garchi Koʻrfaz hamkorlik kengashi mintaqasida bir qator yirik transport loyihalari rejalashtirilgan boʻlsa-da, ushbu loyiha 2012-yilda moliyaviy yopilishi amalga oshirilgan eng yirik infratuzilma loyihasi boʻldi. Uchta kreditor – Milliy tijorat banki, Arab milliy banki va Saudiya-Britaniya banki – 1,2 milliard AQSh dollarlik islomiy moliyalashtirish paketini taqdim etdi. Bu paket uch yillik 436 million AQSh dollarlik tovar Murobaha kapital koʻprik krediti, 18 yillik 719 million AQSh dollarlik xarid krediti (bir necha transhlarda) va 23 million AQSh dollarlik aylanma mablagʻ kreditini oʻz ichiga oladi. Mazkur mablagʻ asosan Saudiya rialida moliyalashtirilgan[2].

Madina aeroportining yaqinda kengaytirilgan terminali AQShning Yashil bino kengashi (USGBC) tomonidan Energiya va atrof-muhit dizaynidagi yetakchilik (LEED) Gold sertifikatiga loyiq deb topildi. LEED sertifikati „yashil“, yaʼni ekologik barqaror qurilish sohasida sanoat standarti sifatida qabul qilinadi. Ushbu mukofot Madina aeroportini Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi birinchi LEED Gold sertifikatiga ega boʻlgan tijorat aeroport terminaliga aylantirdi[3]. Bundan tashqari, loyiha Project Finance International Middle East & Africa Awards tomonidan 2013-yilning Yaqin Sharqdagi eng yaxshi infratuzilma shartnomasi[4], shuningdek, Euromoney Islamic Finance Awards tomonidan 2013-yilning eng yaxshi islomiy moliyalashtirilgan loyiha shartnomasi[5] deb eʼtirof etilgan.

Yangi Madina aeroportining sinov faoliyati 2015-yil 12-aprel kuni boshlandi. Shu kuni mahalliy reys bilan Ar-Riyoddan uchib kelgan Saudia aviakompaniyasining samolyoti soat 11:00 da yangi Shahzoda Muhammad binn Abdulaziz xalqaro aeroportiga qoʻndi va aeroportning sinov faoliyatiga rasmiy start berildi. SV1435 reysi aeroportga birinchi boʻlib qoʻngan boʻsa, SV1476 reysi esa soat 11:45 da havoga koʻtarilib, yangi obyektdan parvoz qilgan birinchi samolyot boʻldi[6].

Aeroport rasman 2015-yil 2-iyul kuni Podshoh Salmon ibn Abdulaziz as-Saud tomonidan ochilgan[7]. Mazkur aeroport loyihasi 2015-yil 10-sentyabrda boʻlib oʻtgan Engineering News-Record jurnalining 3-yillik Global eng yaxshi loyihalar tanlovida dunyoning eng yaxshi loyihasi deb eʼtirof etilgan[8][9]. Aeroport Saudiya Arabistoni asoschisi Podshoh Abdulazizning oʻgʻli Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz al-Saud sharafiga nomlangan.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
AviakompaniyaManzillar
Air AlgérieMavsumiy: JazoirJazoir
Air ArabiaIskandariya[10], Sharja
Air AstanaOlmaota[11]
Air CairoIskandariya, MisrAsyut, MisrSavhoj
AJetAnqara, Istanbul–Sabiha Goʻkchen[12]
Azerbaijan AirlinesBoku
Biman Bangladesh AirlinesDakka[13], BangladeshChittagong
Citilink, Indoneziya bayrogʻi IndoneziyaMavsumiy: IndoneziyaMakassar[14]
EgyptairIskandariya, Qohira
Mavsumiy: Sharm ash-Shayx[15]
EmiratesDubay–Xalqaro
Ethiopian AirlinesAddis-Abeba (Efiopiya bayrogʻi Efiopiya)
FlyadealAr-Riyod, Dammom
Fly BaghdadIroqArbil, Bagʻdod, IroqKarkuk, Najaf, IroqSulaymoniya (barchasi to'xtatilgan)[16]
FlydubaiDubay–Xalqaro
FlynasAbu-Dabi[17], Abxa[18], Ar-Riyod[17], Bahrayn[17], Dammom, Doha[17], Dubay–Xalqaro[19], Giza[20], Hufuf[18], JazoirJazoir, Karachi[21], Kuvayt, Qohira[22]
Freebird Airlines, Turkiya bayrogʻi TurkiyaMavsumiy: Izmir
Garuda IndonesiaJakarta–Sukarno–Hatta
Mavsumiy: IndoneziyaBanda Aceh, IndoneziyaMakassar, IndoneziyaMedan, IndoneziyaSurabaya, IndoneziyaYogyakarta–Xalqaro[23]
Gulf AirBahrayn
IndiGoHaydarobod[24]
Iran AirMavsumiy: EronAhvoz, EronArdabil, EronBandar-Abbos, EronBirjand, EronBushehr, EronGoʻrgon, EronHamadon, Isfahon, EronKirmon, Mashhad, EronQeshm, EronRasht, EronSori, Tabriz, Tehron–Imom Xumayniy, EronUrmiya, EronYazd, EronZohidon, EronZanjon, Sheroz
Iraqi AirwaysMavsumiy: Bagʻdod
Jazeera AirwaysKuvayt
Kam AirKobul
Kuwait AirwaysKuvayt
Lion Air, Indoneziya bayrogʻi IndoneziyaMavsumiy: IndoneziyaBanda Aceh, Jakarta–Sukarno–Hatta, IndoneziyaMakassar, IndoneziyaMedan, IndoneziyaPadang[25], IndoneziyaPekanbaru, IndoneziyaSurabaya
Malaysia AirlinesKuala Lumpur–Xalqaro[26]
Mavsumiy: MalayziyaAlor Setar, MalayziyaJohor Bahru[27], MalayziyaKuala Terengganu, MalayziyaPenang
Middle East AirlinesMavsumiy: Bayrut
Nesma Airlines, Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya ArabistoniHa'il[28]
Oman AirMaskat
Pakistan International AirlinesPokistonFaysalobod, Islomobod, Karachi, Lohur, PokistonMoʻlton[29], PokistonSialkot[30]
Pegasus AirlinesAnqara, Istanbul–Sabiha Goʻkchen[31]
Qatar AirwaysDoha[32]
Royal Air MarocMarokashKasablanka
Mavsumiy: MarokashAgadir, MarokashFoz, Marokash, MarokashUjda, MarokashRabot, Tanjer
Royal JordanianAmman–Qirolicha Aliya
Salam AirMaskat[33]
SaudiaAbxa, Anqara, Ar-Riyod, Bahrayn, Bagʻdod, Dakka, Dammom, Dubay–Xalqaro, Iskandariya, Istanbul[34], JazoirJazoir, Jakarta–Sukarno–Hatta, Jidda, Kano (Nigeriya bayrogʻi Nigeriya ), MarokashKasablanka, Kuala Lumpur–Xalqaro, Kuvayt, Maskat, Qohira, Qosim, Tabuk
Mavsumiy: MarokashAgadir, MarokashFoz, Izmir, IndoneziyaJakarta–Halim Perdanakusuma, Karachi, London–Hitrou, IndoneziyaMakassar, Marokash, Mumbay, IndoneziyaPadang, MarokashRabot, IndoneziyaSurabaya, Tanjer, MarokashUjda
SCAT AirlinesMavsumiy: Olmaota[35]
Serene Air, Pokiston bayrogʻi PokistonIslomobod
Syrian AirMavsumiy: Damashq (toʻxtatilgan)[36]
Thai Airways InternationalMavsumiy: TailandHat Yai, TailandNarathiwat
Transavia, Niderlandlar bayrogʻi NiderlandiyaFransiyaLion[37], Marsel[37], FransiyaParij–Orly[37], FransiyaTuluza[37]
TunisairMavsumiy: TunisTunis
Turkish AirlinesIstanbul
UtairMavsumiy: Magas, Mahachqalʼa, Qozon[38]
Uzbekistan AirwaysMavsumiy: Toshkent
Wizz AirAbu-Dabi, London–Gatvik[39]
YillarYoʻlovchilar soniParvozlar soni
2011[40] 3 547 508 32 935
2012[40] 4 588 158 36 499
2013[40] 4 669 181 40 000
2014[40] 5 703 349 48 549
2015[40] 5 831 163 49 031
2016[40] 6 572 787 54 451
2017[1] 7 805 295 58 045
2018[1] 8 144 790 60 665
Source: TAV Investor Relations[41]

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2001-yil 16-mart kuni aeroportda Rossiyaning Vnukovo Airlines aviakompaniyasining Tupolev Tu-154 samolyoti oʻgʻirlab ketilishi fojiali yakun topdi. Istanbuldan Moskvaga yoʻl olgan samolyotda 162 yoʻlovchi boʻlgan. Oʻgʻirlaganlar, taxminan, chechen separatistlari boʻlib, samolyotni Madina aeroportiga qoʻndirgan va Afgʻonistonga uchish uchun qoʻshimcha yoqilgʻi talab qilgan. 18 soat davomida muzokaralar olib borilmaganidan soʻng, Saudiya xavfsizlik kuchlari samolyotga hujum uyushtirib, oʻgʻirlikka barham bergan. Hodisa natijasida uch kishi – oʻgʻirlaganlardan biri, bir turk yoʻlovchi va bir rus styuardessasi halok boʻlgan[42].
  • 2014-yil 5-yanvar kuni SV2841 reysi bilan Mashhaddan uchib kelayotgan Saudia aviakompaniyasining Boeing 767-300 samolyoti asosiy shassilardan biri ochilmay qolganligi sababli favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi. Samolyotda jami 315 yoʻlovchi boʻlgan. Qoʻnish chogʻida havo kemasi old qismi yuqoriga koʻtarilgan holatda toʻxtagan, evakuatsiya vaqtida 29 kishi jarohat olgan, ulardan 11 nafari kasalxonaga yetkazilgan, qolganlar esa aeroportdagi tibbiyot markazida davolangan[43].
  1. 1 2 3 4 5 „TAV Traffic Results 2018“. 2019-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
  2. ↑ „10 things to know about the Madinah Airport expansion PPP transaction“. 2016-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 22-aprel.
  3. ↑ „PressReleaseDetail“. 2017-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  4. ↑ „PFIe“. 2020-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 22-aprel.
  5. ↑ „Banking industry news & analysis of international finance – Euromoney magazine“ (2013-yil 12-fevral). 2015-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  6. ↑ „New Madinah airport test operations begins“. Saudi Gazette (2015-yil 12-aprel). 2015-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.
  7. ↑ „King Salman opens mega airport in Madinah“. Arab News (2015-yil 4-iyul). Qaraldi: 2015-yil 13-sentyabr.
  8. ↑ „TAV have constructed the world's best airport | Times Aerospace“. www.timesaerospace.aero.
  9. ↑ „ENR Announces Winners of 3rd Annual Global Best Projects Competition“. 2015-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
  10. ↑ „Air Arabia Egypt Adds Alexandria – Madinah Route in NW22“.
  11. ↑ „Air Astana will launch flights from Almaty to Medina Service From Oct 2024“. businesstraveller. Qaraldi: 2024-yil 29-avgust.
  12. ↑ Liu, Jim „Turkish Airlines confirms AnadoluJet network transition from late-March 2020“. Routesonline. Qaraldi: 2020-yil 14-yanvar.
  13. ↑ „Biman Bangladesh adds Madinah / Manchester service in W19“.
  14. ↑ „Citilink Hadir di Makassar. Terbang Tanpa Transit“. ujastour.id. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  15. ↑ „WEEKLY FLIGHTS FROM JEDDAH AND MADINAH TO SHARM ELSHEIKH“. egyptair.com (2019-yil 9-iyun).[sayt ishlamaydi]
  16. ↑ Mahmoud, Sinan. „Fly Baghdad grounds planes as Iraqi government orders inquiry into US sanctions“ (en). The National (2024-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  17. 1 2 3 4 „FLYNAS FURTHER EXPANDS MADINAH INTERNATIONAL NETWORK IN SEP 2024“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.
  18. 1 2 Liu, Jim „flynas W19 network expansion“. Routesonline. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
  19. ↑ „flynas Adds Madinah – Dubai Route from April 2015“. Airlineroute.net (2015-yil 27-fevral). Qaraldi: 2015-yil 28-fevral.
  20. ↑ „FLYNAS ADDS MADINAH – GIZA SPHINX SERVICE FROM DEC 2024“. aeroroutes.com (2024-yil 25-noyabr).
  21. ↑ „flynas Adds Madinah – Karachi in late-1Q25“. Aeroroutes. Qaraldi: 2025-yil 10-fevral.
  22. ↑ „flynas launches 4 direct weekly flights between Al Medina and Cairo as of December 2“ (en). ZAWYA (2022-yil 16-noyabr).
  23. ↑ „Mulai 12 Agustus 2023, Garuda Indonesia Terbangi YIA-Jeddah dan Madinah“. Traveldetik. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  24. ↑ „IndiGo Airlines Launching Hyderabad to Madinah Flights“. aviationa2z (2025-yil 16-yanvar).
  25. ↑ „Lion Air adds Boeing 737MAX service to Saudi Arabia from Oct 2017“. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
  26. ↑ „Malaysia Airlines adds Madinah scheduled service in W18“.
  27. ↑ „Malaysia Airlines starts Hajj charter“ (2017-yil 24-iyul).
  28. ↑ „Nesma Airlines expands Hail service in Nov 2016“. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
  29. ↑ „pk_jun15.jpg“.
  30. ↑ „Pakistan International Airlines NW24 International Service Changes“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 4-noyabr.
  31. ↑ Liu, Jim „Pegasus adds Madinah flights from Jan 2020“. Routesonline. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
  32. ↑ „Qatar Airways touches down in Abha, 11th connection in Saudi Arabia“. The Peninsula (2025-yil 2-yanvar). 2025-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 3-yanvar.
  33. ↑ „Welcome to SalamAir“. salamair.com. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-aprel.
  34. ↑ „Saudia NS25 Madinah – Istanbul Aircraft Changes“.
  35. ↑ Liu, Jim „SCAT adds Saudi Arabia service in W19“. Routesonline. Qaraldi: 2019-yil 4-noyabr.
  36. ↑ „Rebels said to enter Damascus as army reportedly abandons airport“. www.timesofisrael.com. The Times of Israel (2024-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 10-dekabr.
  37. 1 2 3 4 „Transavia France NW25 Saudi Arabia Network Additions“. Aeroroutes. Qaraldi: 2025-yil 18-aprel.
  38. ↑ „UTair Transports Hajj Pilgrims“. 2015-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  39. ↑ https://travelweekly.co.uk/news/air/wizz-air-adds-second-saudi-destination-to-gatwick-network
  40. 1 2 3 4 5 6 „TAV Investor Relations“. ir.tav.aero.
  41. ↑ „TAV Traffic Results“. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  42. ↑ „Bloody end to Chechen HIjack“. BBC News (2001-yil 16-mart). Qaraldi: 2009-yil 29-yanvar.
  43. ↑ „29 injured as Saudia jet makes emergency landing“. gulfnews.com (2014-yil 5-yanvar).