Shahzoda Mehmed Obid
| Shahzoda Mehmed Obid | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Tugʻilishi |
1905-yil 17-may Yıldız saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar davlati (hozirgi Istanbul, Turkiya) | ||||||||
| Vafoti |
8-dekabr 1973-yil (68 yoshda) Bayrut, Livan | ||||||||
| Dafn etilgan joy | |||||||||
| Turmush oʻrtogʻi |
| ||||||||
| |||||||||
| Sulola | Usmoniylar | ||||||||
| Otasi | Abdulhamid II | ||||||||
| Onasi | Soliha Naciye Kadın | ||||||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||||||
| |||||||||
Shahzoda Mehmed Obid Afandi (usmonli turkcha: شهزادہ محمد عابد; 1905-yil 17-mayda tugʻilgan – 1973-yil 8-dekabrda vafot etgan) – Usmoniylar shahzodasi. Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid II va Soliha Naciye Kadınning oʻgʻli, Albaniya qiroli Zog I ning qaynukasi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahzoda Mehmed Obid 1905-yil 17-may kuni Yıldız saroyida tugʻilgan. Uning otasi Abdulhamid II Usmoniylar sultoni Abdulmajid I va Tirimüjgan Kadınning oʻgʻli edi. Onasi Soliha Naciye Kadın[1][2] Arslon bey Ankuapning qizi boʻlgan[3]. Shahzoda sulton Abdulhamidning sakkizinchi oʻgʻli, Soliha Naciye Kadınning esa toʻngʻich farzandi edi. Samiyye sulton ismli oʻzidan 3 yosh kichik singlisi boʻlgan, biroq u goʻdakligida vafot etgan. Abdulhamid oʻgʻliga goʻdaklik chogʻida vafot etgan ukasining sharafiga ismi bergan[1].
1909-yil 27-aprelda Abdulhamid taxtdan agʻdarildi va Salonikiga surgunga yuborildi[4]. Mehmed Obid va onasi Abdulhamidning ortidan bordilar va u yerda Alatini saroyida yashadilar[2]. 1912-yilda Saloniki Yunoniston tarkibiga oʻtgach, Abdulhamid Istanbulga qaytarildi va Beylerbeyi saroyiga joylashdi[5]. Shahzoda Mehmed Obidning sunnat toʻyi 1913-yil 9-oktyabrda boʻlib oʻtdi[2]. Abdulhamid 1918-yilda oʻgʻli oʻn uch yoshligida vafot etdi[6].
Mehmed Obid dastlabki taʼlimini Galatasaroy litseyida oldi. Unga rassom Halil posho rasm chizishni, tarixchi Tevfik bey esa tarixni oʻrgatgan. Bu yerda tahsilni tugatgach, shahzoda Usmoniylar harbiy kollejiga oʻqishga kirdi[7] va Usmoniylar armiyasida katta leytenant darajasiga koʻtarilgunga qadar faoliyat olib bordi. Shuningdek, u sulton Mehmed VI ning adyutanti boʻlib ham xizmat qilgan[2]. 1923-yilda oʻn toʻqqiz yoshida onasidan ayrilgan[6].
1918–1922-yillar oraligʻida Mehmed Obid Yıldız saroyida, 1922–1924-yillar oraligʻida esa Erenköy saroyida yashagan[2].
Surgun
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yil mart oyida sulola vakillari surgun qilinganida Obid avval Misrga borishni soʻradi. Biroq uning Misrga kirishi rad etildi. Shundan soʻng u Livanning Bayrut shahriga joylashdi. Mehmed Obid vaqtining asosiy qismini katta akasi Shahzoda Mehmed Salim bilan birga Juniyada, yoz fasllarini esa Aleyda oʻtkazar edi. Soʻngra Parijga bordi va u yerda katta singlisi Oysha Sulton bilan yashadi[2]. Obid bu yerda sovun sotish bilan tirikchilik qildi[6]. 1925-yil 14-yanvarda u taniqli turk yahudiy yuristi Sami Günzbergga ishonchnoma berdi va unga otasi Abdulhamid tomonidan qoldirilgan va Turkiya hududi hamda boshqa yerlarda joylashgan binolar, yerlar, konlar, imtiyozlarni egallab olgan kishilardan qaytarib olish vakolatini topshirdi[8].
Parijda Obid Sorbonna yuridik fakulteti hamda Siyosiy fanlar fakultetida tahsil oldi va ularni mos ravishda 1936 va 1937-yillarda tamomladi. Sorbonnada huquq boʻyicha doktorlik darajasini oldi. Shuningdek, École Nationale des Langues Orientales Vivantesda ham oʻqib, fors tili va adabiyoti boʻyicha tahsilni tamomladi. 1940–1948-yillar oraligʻida u qisqa muddatlarda Tuluza, Nice, Madrid, Lissabon, Qohira, Iskandariya va Tirana shaharlarida istiqomat qildi[2][6]. Yaponiya imperatori uni Turkiston taxti uchun nomzod sifatida koʻrgan, Albaniya qiroli Zog I esa oʻsha paytda vorisi boʻlmaganligi bois uni valiahdi qilish haqida oʻylagan. 1936–1939-yillar oraligʻida[2][6] qirol Zog I uni Albaniyaning Fransiyadagi elchisi etib tayinlagan[9].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930-yilda[2] Mehmed Obid sulton Abdulmajid II va Mehisti xonimning qizi Dürrüşehvar Sultonga uylanish istagini bildirdi. Biroq uning otasi Dürrüşehvarning hali voyaga yetmaganligini vaj qilib, bunga rozilik bildirmadi. Aslida esa u qizini allaqachon Haydarobod nizomi Mir Usmon Alixonning oʻgʻli, nihoyatda badavlat hind shahzodasi Azam Jahga unashtirib qoʻygan edi. Ular 1931-yilda turmush qurishdi[6]. 1934-yilda Mehmed Obidning birinchi xotini vafot etgach, Shahzoda Yusuf Izzeddin va Leman xonimning qizi Mihrişah sulton bilan nikohdan oʻtishlari belgilandi, biroq Mihrişah Shahzoda Umar Farukni sevardi va keyinchalik unga turmushga chiqdi. Shundan soʻng Obid Haydarobod sultonligi nizomining qizlaridan biriga uylanishni soʻradi, chunki uning ikki oʻgʻli allaqachon ikki Usmoniylar malikalari Dürrüşehvar sulton va Nilufar xonimsultonga uylangan edi. Ammo bu rejalarning birortasi ham amalga oshmadi[2].
Obidning birinchi xotini Pınardil Fahriye xonim edi. U 1934-yilda Fransiyaning Nice shahrida vafot etgan va Bobini musulmonlar qabristoniga dafn etilgan[10]. Uning ikkinchi xotini malika Senije Zogu esa Jemol posho Zogu va Sadije Toptanining qizi, qirol Zog I ning singlisi edi. Ular 1936-yil 9-yanvarda[11] Tiranada unashtirilgan va 13-yanvar 1936-yilda nikohdan oʻtishgan[12]. 1949-yil kelib esa ular ajrashgan[6].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1966-yilda Mehmed Obid Bayrutga joylashdi. U yerda 1973-yil 8-dekabr kuni yurak xurujidan vafot etdi va Suriyaning Damashq shahridagi Sulaymoniya takyasi qabristoniga dafn qilindi[1][2][6].
Shaxsiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obid juda ziyrak, madaniyatli va tarixga qiziquvchan edi. Umrining soʻnggi kunlarida vaqtining koʻp qismini kutubxonalar va kitob doʻkonlarida oʻtkazardi. U turk va fransuz tillarida bemalol soʻzlashar, arab va fors tillarini ham bilar edi. Unga otasi haqidagi xotiralarini yozib berishini soʻrab koʻp marotaba takliflar boʻlgan, biroq u bu takliflarning barchasini rad etgan. U, odatda, jurnalistlarning uchrashish haqidagi iltimoslarini ham rad qilardi. Mehmed Obidning qiyofasi juda chiroyli boʻlib, saranjom-sarishta va toza kiyinardi. Kamgap va nihoyatda kamtarin edi[6].
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xalqaro unvon va mukofotlari
Harbiy unvonlari va qoʻshin lavozimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Usmoniylar armiyasi katta leytenanti
Faxriy tayinlovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sultonning adyutanti
Adabiyotda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shahzoda Mehmed Obid Tim Symondsning 2015-yilda chop etilgan tarixiy romani Sherlock Holmes and The Sword of Osman asaridagi qahramonlardan biri sifatida namoyon etilgan[14].
Nasabnomasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Shahzoda Mehmed Obid | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Adra, Jamil. Genealogy of the Imperial Ottoman Family 2005, 2005 — 29-bet.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 Yılmaz Öztuna. II. Abdülhamîd: zamânı ve şahsiyeti. Kubbealti Publishing, 2008 — 238–39-bet. ISBN 978-97564-446-27.
- ↑ Ali Akyıldız. Son Dönem Osmanlı Padişahlarının Nikâh Meselesi, 2018 — 698-bet.
- ↑ Hall, Richard C.. War in the Balkans: An Encyclopedic History from the Fall of the Ottoman Empire to the Breakup of Yugoslavia. ABC-CLIO, October 9, 2014 — 1–2-bet. ISBN 978-1-610-69031-7.
- ↑ Parry, Milman; Lord, Albert B.. Serbocroatian heroic songs, Volume 1. Harvard University Press, 1979 — 371-bet.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 6,8 „Saraydan Seyyar Satıcılîğa: Şehzâde Âbid Efendi“. www.erkembugraekinci.com (2013-yil 19-iyun). Qaraldi: 2020-yil 4-noyabr.
- ↑ Monarchies and the Great War. Springer, 2018 — 144-bet. ISBN 978-3-319-89515-4.
- ↑ Kark, Ruth; Frantzman, Seth J.. "One of the most spectacular lawsuits ever launched": Abdülhamid's heirs, his lands and the land case in Palestine, 1908-1950, 2010 — 138-bet.
- ↑ Robert Elsie. A Biographical Dictionary of Albanian History. I.B.Tauris, December 24, 2012 — 506-bet. ISBN 978-17807-643-13.
- ↑ „Fransa'daki Şehzade Kabirlerinin Durumu İçler Acısı“. haberler.com (2014-yil 25-fevral). 2020-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
- ↑ Great Britain and the East, 1946 — 105-bet.
- ↑ „KING ZOG'S SISTER WED TO PRINCE ABID; Princess Senije of Albania Is Bride of Son of the Last Sultan of Turkey.“. The New York Times (1936-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
- ↑ „Albanian Royal Court“. 2016-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 27-yanvar.
- ↑ Symonds, Tim. Sherlock Holmes and The Sword of Osman. Andrews UK Limited, October 14, 2015. ISBN 978-1-780-92756-5.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Usmonli oilasi“. Usmonli sulolasi bevosita tirik avlodlarining rasmiy veb-sayti. Qaraldi: 2010-yil 14-fevral.
- „Usmonli oilasining nasabnomasi“. Qaraldi: 2008-yil 19-avgust.
- Nasab daraxti, sulton Mahmud II avlodlari. Olingan sana: 2011-02-28.