Shahzoda masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shahzoda Masjididan yoʻnaltirildi)

Shahzoda masjidi - Istanbuldagi meʼmoriy yodgorlik (1548). Meʼmori Xoʻja Sinon. Shahzoda masjidi murabba tarhli, markaziy gumbazli xonaqoh (38x38 m) va hovuzli hovlidan iborat. Xonaqoh bal. 37 m, gumbazining diametri 9 m; unga yarim gumbazlar tutashgan va burchaklari kichik gumbazlar bilan yopilgan. Xonaqohda markaziy gumbaz tomon yarim gumbazlarning bir maromda pogʻonama-pogʻona yuksalib borishi va ularning oʻzaro uygʻunligi binoga mahobatlilik baxsh etgan. Xonaqohning old tomonida murabba tarhli hovli joylashgan, hovlining toʻrt tomoniga bir qavatli, gumbazli galereya qurilgan, ustunlari qizil va oq toshlardan bunyod etilgan. Qirrali 2 baland tik minora xonaqoh va hovli tutashgan yoʻnalishda joylashgan, xonaqohga kichik peshtoqli 3 eshik orqali kiriladi.