Shahzoda Boyazid (Ahmad I ning oʻgʻli)
| Shahzoda Boyazid | |
|---|---|
| Tugʻilishi |
Istanbul, Usmoniylar imperiyasi (hozirgi Istanbul, Turkiya) |
| Vafoti |
1635-yil 27-iyul[1] Istanbul, Usmoniylar imperiyasi |
| Dafn etilgan joy |
Ahmad I maqbarasi, Sulton Ahmad masjidi |
| Otasi | Ahmad I |
| Onasi | Mahfiruz Xotun |
| Dini | Islom, sunniylik |
Shahzoda Boyazid (usmonli turkcha: شهزاده بايزيد; 1612-yil noyabr — 1635-yil 27-iyul) — Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad I va uning birinchi xotini Mahfiruz Hadichaning ikkinchi oʻgʻli.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahzoda Boyazid sulton Ahmad I va uning birinchi xotini Mahfiruz Xotunning oʻgʻli boʻlgan[2][3][4].
U oʻgay akasi shahzoda Muroddan (boʻlajak sulton Murod IV) bir necha oy kichik edi. Otasi sulton Ahmad 1617-yil 22-noyabrda vafot etgach, togʻasi sulton Mustafo I va akasi sulton Usmon II hukmronligi davrida nomaʼlum vaqt akalari Mehmed, Murod, Sulaymon, Qosim va Ibrohim bilan birga Kafesga joylashtirilgan. Mustafo taxtdan agʻdarilib, uning oʻrnini Usmon egallagach, Boyazidning oʻgay akasi Mehmed sulton Usmon II ning buyrugʻi bilan qatl etilgan. Oradan bir yil oʻtib Usmon II dushmanlari tomonidan oʻldirilgach, Mustafo yana taxtga qaytgan. Biroq u ikkinchi bor taxtdan agʻdarilgach, Boyaziddan bir necha oy katta boʻlgani uchun uning oʻgay akasi Murod IV undan oldin taxtga oʻtqazilgan. Yillar oʻtib, 1635-yil 27-iyulda u akasi Sulaymon bilan birga qatl etilgan. Buyruqlarni sulton Murod ijro ettirgan, chunki Murodning yanicharlar uni taxtdan agʻdarish uchun qoʻzgʻolon koʻtarishga hozirlanayotganiga ishonchli asosi bor edi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahzoda Boyazid 1635-yil 27-iyulda sulton Murodning buyrugʻi bilan Topkapı saroyida Murodning dushmanlari Boyazidni taxtga oʻtqazmoqchi ekanligi haqidagi ayrim mish-mishlar sababli qatl etilgan. Vafotidan keyin sulton Ahmad masjididagi Ahmad I maqbarasiga dafn qilingan[5][6].
Adabiyot va serialda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasin Jan shahzodaning hayoti asosida „Bajazet“ nomli pyesa yozgan. Unda shahzoda amaldagi sulton boʻlgan akasi Murod IV oʻrniga taxtga munosib koʻrilgan[7].
- Shahzoda Boyazid obrazi 2015-yilgi „Koʻsem“ turk teleserialida aktyor Yiğit Uçan tomonidan gavdalantirilgan[8]. Serialda u Gulbahor sulton ismli toʻqima choʻri obrazidan tugʻilgan oʻgʻil sifatida tasvirlangan[9]. Uning serialda aks ettirilgan oʻlimi tarixiy haqiqatga mos kelmaydi, biroq serialda ham ayni tarixdagi kabi Murod tomonidan oʻldirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Türkischer Biographischer Index. Walter de Gruyter, 10 November 2011. ISBN 9783110965773.
- ↑ Güler Eren, Kemal Çiçek, Cem Oğuz. Osmanlı: Kültür ve sanat. 10 (tr). Yeni Türkiye Yayınları, 1999. ISBN 978-975-6782-03-3. „...başka Mehmed, Süleyman, Bayezid ve Hüseyni adlı 4 şehzade doğmuştur...“
- ↑ Thomas F. Madden. Istanbul: City of Majesty at the Crossroads of the World, 2016. „Mahfiruz Sultan bore him four sons...“
- ↑ Şefika Şule Erçetin. Women Leaders in Chaotic Environments, 2016 — 77-bet. „He married with his Haseki Mahfiruz Kadın and had princes called Genç Osman (1604), Mehmed (1605), Süleyman (1611), Beyazid (1612) and Hüseyin (1613)“
- ↑ Şefika Şule Erçetin (28 November 2016). Women Leaders in Chaotic Environments: Examinations of Leadership Using Complexity Theory. Springer. p. 77. ISBN 978-3-319-44758-2.
- ↑ Mustafa Çağatay Uluçay (2011). Padişahların Kadınları ve Kızları. Ötüken, Ankara. p. 78. ISBN 978-9-754-37840-5.
- ↑ „Bajazet | play by Racine“.
- ↑ Muhtesem Yüzyil: Kösem (TV Series 2015–2017), Yiğit Uçan: Sehzade Bayezid
- ↑ In the series, all concubines who gave a child to a Sultan or to a Şehzade are entitled „Sultan“. In historical reality, the title was reserved for Haseki Sultan, who for Ahmed was only Kösem Sultan. The other concubines were simply entitled „Hatun“ (Woman, Mistress or lady).