Kontent qismiga oʻtish

Shahriyar Moghanlou

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shahriyar Moghanlou
Moghanlou „Persepolis“ tarkibida, 2021-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shahriyar Moghanlou
Tavallud sanasi 1994-yil 21-dekabr (1994-12-21) (31 yosh)
Tavallud joyi ZanjanZanjan, Eron
Boʻyi 1.92 m (6 ft 3 12 in)
Ampluasi Markaziy hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kalba
Raqami 70
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011–2014 Sorkhpooshan
2014–2015 Paykan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2020 Paykan 78 (16)
2017–2019   Malavan 56 (23)
2020–2021 Santa Clara 11 (0)
2021   Persepolis 13 (4)
2021–2024 Sepahan 82 (37)
2024– Kalba (16)
Milliy terma jamoa
2023– Eron 24 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2026-yil 15-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2026-yil 27-iyun uchun)

Shahriyar Moghanlou (forscha: شهريار مغانلو; 1994-yil 21-dekabrda tugʻilgan) — eronlik professional futbolchi. U BAA Pro ligasining „Kalba“ klubi hamda Eron milliy terma jamoasi safida markaziy hujumchi sifatida toʻp suradi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahriyar Moghanlou Zanjan shahrida ozarbayjonliklar oilasida tugʻilgan. U professional faoliyatini „Paykan“ klubida boshlagan va 2015-yil qishida asosiy jamoaga jalb etilgan. Professional futboldagi debyutini 2015-yil 4-fevralda „Gostaresh Foulad“ga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Mazkur bahsda u Ali Hosseini oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan[1][2].

2020-yil 23-sentyabrda Moghanlou Portugaliya Primeira Ligasi vakili „Santa Clara“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan[3].

2021-yil 7-martda Moghanlou Fors koʻrfazi Pro ligasi amaldagi chempioni "Persepolis klubi bilan shartnoma imzolagan[4][5]. Transfer summasi tafsilotlari oshkor qilinmagan[4].

Terma jamoadagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moghanlou Eron milliy terma jamoasi safidagi debyutini 2023-yil 23-mart kuni Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

U milliy terma jamoa safidagi ilk golini 2023-yil 12-sentyabr kuni Angolaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2026-yil yanvar oyida Moghanlou Erondagi norozilik namoyishlarini ochiq qoʻllab-quvvatlab, shunday soʻzlarni aytgan: „Biz dunyodagi eng ogʻir ishni qilmoqdamiz, chunki bir vaqtning oʻzida ham qaygʻuga botganmiz, ham umid bilan yashayapmiz. Barchamiz vatan sogʻinchi bilan yashayapmiz va umidni yoʻqotganimiz yoʻq. Hammamiz charchaganmiz, biroq hayot uchun kurashishda davom etyapmiz“[6].