Shabbob ibn Savvor Fazoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shabbob ibn Savvor Fazoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Shabbob ibn Savvor Fazoriy (arabcha: شباب بن صفوار فزاري) — Muhaddis.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shabbob ibn Savvor Fazoriy asli Xurosonlik bo‘lgan mashhur hadis roviylaridan. Ilm talabida ko‘plab shaharlarga safar qilgan bo‘lsada, asosan, Madina va Bag‘dodda yashagan.[1]

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

206/821-yilda Makkada vafot etgan. U ishonchli siqot roviylardan sanalgan. Allomadan Ahmad ibn Hanbal va boshqalar hadis rivoyat qilishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 701.