Shabboʻy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shabbo'ydan yoʻnaltirildi)

Shabboʻy (Matthiola) — butguldoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik manzarali oʻsimliklar turkumi. Yevropada, Gʻarbiy va Oʻrta Osiyoda, Shimoliy va Janubiy Afrikada 55 ga yakin turi maʼlum. Madaniy holda oʻsadigan shahrining boʻyi 20—80 sm. Barglari nashtarsimon yoki qatmaqat. Gullari oddiy, shingillarga toʻplangan, qatmaqat, chiroyli, xushboʻy, rangi turlicha. Gulchilikda shahrining qishki va yozgi turlari ekiladi. Yozgi turlarining koʻpgina navlari gulzorlarda yoki tuvaklarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ayniqsa, oqshomda gullaydigan shahrining (M. bicornis) bir yillik turi kadrlanadi. Urugʻidan koʻpaytiriladi. Urugʻlari fevralda issiqxonalarda ekiladi. May oyida koʻchatlari gulzorlarga oʻtqaziladi. Iyundan — avgustgacha gullaydi.