Shabaron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shabaron, Shabron (eroncha Shopur nomidan) — 1) Ozarbayjondagi qad. shahar xarobasi. Kuba shahridan 25 km jan.sharkda joylashgan. Sosoniylardan Xusrav 1 Anushirvon tomonidan asos solingan (6-asr) Shu nomdagi tarixiy viloyat markazi boʻlgan. Oʻrta asrlarda Shirvon tarkibiga kirgan, ipak savdosining yirik markazi hisoblangan. Shabaron orkali Astraxon — Shemaxa karvon yoʻli oʻtgan. 18-asr boshida turklar tomonidan vayron qilingan; 2) Ozarbayjondagi tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining Kavkaz sohilida joylashgan. Mil. av. 7-asrda Shabaron hududida podsho skiflari qabila ittifoqi — Ashguz vujudga kelgan. U Ossuriya qulab, Urartu zaiflashgach, oʻz hukmronligini Sharqiy Zakavkazyening butun qududiga tarqatgan. Mil. 1—2-asrlarda Shabaron Kavkaz massagetlari (mazkutlar) podsholigi tarkibiga kirgan, 4—9-asrlarda Shabaron hududida qad. lezginlarning Xursan knyazligi mavjud boʻlgan; 9-asr oʻrtalaridan Sh.Shirvon tarkibida.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Shabaron" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir]

  • Minorskiy V.F, Istoriya Shirvana i Derbenda X—XI vv., M., 1963.