Qoraqalpogʻiston dehqonchilik instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoraqalpogʻiston dehqonchilik instituti, Sh.Musayev nomidagi Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy muassasa. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. Chimboy shahrida joylashgan. 1958-yilda Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqotlar instituti (SoyuzNIXI)ning Chimboy zonal tajriba stansiyasi (1928) bazasida tashkil etilgan. Institutda gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi (gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, genetika va gʻoʻza tolasi texnologiyasi laboratoriya bilan), don ekinlari yetishtirish texnologiyasi va urugʻchiligi (moyli, yem-xashak ekinlari urugʻchiligi, agroekologiya va dehqonchilik, sugorish va melioratsiya laboratoriya bilan), oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimlari; Turtkoʻl janubiy filiali, biofabrika, ilmiy kutubxona bor (2005). Qoraqalpogʻiston dehqonchilik instituti oʻtkazish va tajribalar qoʻyish uchun institut eksperimental bazasiga 250 ga yer ajratilgan. Tad-qiqotlarning asosiy yoʻnalishlari: hozirgi Orol boʻyidagi ekstremal sharoitlarga mos keladigan, U-tip tola beradigan, qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan tezpishar, shoʻr va qurgʻoqchilikka chidamli gʻoʻza navlarini yara-tish va joriy etish; don, dukkakli, moyli va yem-xashak ekinlari yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish; xoʻjalik yuritishning yangi tashkiliy tuzilmalarida oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning uygʻunlashgan usulini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan kimyoviy preparatlarning ekologik-iqtisodiy va biologik samaradorli-gini oʻrganish va boshqa Keyingi yillarda institutda gʻoʻza, beda, sudan oʻtining bir necha istiqbolli navlari yaratildi. Chimboy-160, Chimboy-3000, Chimboy-4104 gʻoʻza navlari, Qoraqalpogʻiston (1, 2, 5) beda navlari rayonlashtirildi. Koʻp yillik ilmiy izlanishlar natijasida Qoraqalpogʻiston sharoitlariga mos Chimboy-5 nok navi, Chimboy qandak oʻrik navi, qovunning vitaminlarga boy Zamcha, Qariqiz, Bishak navlari yaratildi, 30 mahalliy navi tiklandi. Almashlab ekish sxemalari, tunroqni ishlash usullari, oʻgʻitlash sistemasi, kimyoviy va biologik himoya usullari boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar ishlab chyqildi. Institut faoliyati yilR.Kurbonov, U.Toremuratov, Z.Toxtabayev, I.Smeshov, D.Shamshetov, A.N. Tribunskiy, A.V.Bereznyakova, M.Azi-zov, B.Mambetnazarov, B.Yusupov, Ye.Toreniyazov va boshqa olimlarning nomlari bilan bogʻliq. Institut olimlari chet el- innovatsiyalari va grantlari boʻyicha ham tadqiqotlar olib boradilar. Chet el firmalari, AQSH qishloq xoʻjaligi departamenti bilan ilmiy aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil