Sezar salati
|
| |
| Turi | Salat |
|---|---|
| Asl nomi | Caesar salad |
| Kelib chiqishi | Tixuana, Baja California |
| Muallifi | Caesar Cardini |
| Yaratilgan yili | 1924 |
| Asosiy komponentlari | Romen salati, krutondar, Parmezan pishlogʻi, limon sharbati, zaytun moyi, tuxum sarigʻi, Vuster sousi, anchois, ixtiyoriy ravishda Dijon xantali va qora murch |
Sezar salati (inglizcha: Caesar salad, baʼzan Cesar, César yoki Cesare shaklida yoziladi; shuningdek Caesar’s salad nomi bilan ham tanilgan) – bu rim salati barglari va quritilgan yoki qovurilgan non boʻlakchalariga limon yoki laym sharbati, zaytun moyi, tuxum, Vorcestershir sousi, anchovy, sarimsoq, Dijon xantal, Parmezan pishlogʻi va qora murch qoʻshib, tayyorlanadigan salat.
Bu salat 1924-yil 4-iyul kuni Meksikaning Tixuana shahrida joylashgan Caesar’s restoranida Caesar Cardini tomonidan yaratilgan. Oʻsha kuni oshxona juda gavjum, mahsulotlar esa boʻlgani uchun Kardini mavjud masalliqlardan foydalanib yangi salat ixtiro qilgan. Salat dastlab mijozlar stoli yonida tayyorlangan va hozir ham asl restoranida shu uslubda tayyorlanishda davom etadi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sezar salatining yaratilishi odatda restoran egasi Caesar Cardiniga tegishli deb hisoblanadi. U Italiyadan koʻchib kelgan muhojir boʻlib, Meksika va AQShda bir nechta restoranlarni boshqargan[2]. Cardini San-Diyegoda yashagan, ammo uning eng mashhur restoranlaridan biri — „Caesar’s“ — Meksikaning Tixuana shahrida joylashgan edi[3]. U bu joyni AQShdagi „Quruq qonun“ davri cheklovlaridan qochib, spirtli ichimlik isteʼmol qilish uchun Meksikaga keluvchi amerikalik mijozlarni jalb etish maqsadida ochgan. Cardinining qizi Rosaning soʻzlariga koʻra, otasi 1924-yil 4-iyul kuni Tixuanadagi restoranida oshxona mahsulotlari tugab qolgan paytda yangi salatni ixtiro qilgan[4]. U mavjud masalliqlardan foydalangan holda salat tayyorlagan va ungasalatni mijoz stoli yonida aralashtirib berish kabi oʻziga xos teatrona uslub qoʻshgan. Boshqa baʼzi manbalarda esa salatni Caesar Cardinining ukasi Alex Cardini tayyorlagani aytiladi. U dastlab bu salatni „Aviator salati“ deb atagan, chunki u spirtli ichimliklar taqiqlangan davrda Meksikaga uchib kelgan uchuvchilar uchun tayyorlangan edi. Shuningdek, Cardinining bir nechta xodimlari ham bu salatni oʻzlari ixtiro qilganini daʼvo qilgan. Mashhur afsonalardan birida esa bu salatning yaratilishi Julius Caesar bilan bogʻliq deyiladi, biroq bu faqat afsona hisoblanadi[5][6][7].
Sous
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sezar salati uchun tayyor souslar hozirda koʻplab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilib, savdoga chiqariladi. Ularga Cardini’s, Bolthouse Farms, Kenʼs Foods, Marzetti, Newmanʼs Own, Panera Bread, Trader Joeʼs va Whole Foods Market brendlari kiradi[8][9].
Cardini’s, Caesar Cardini’s va Original Caesar Dressing savdo belgilarining barchasi 1950-yil fevral oyiga borib taqaladi, biroq ularning rasmiy roʻyxatdan oʻtishi ancha yillar keyin amalga oshirilgan[10][11].
Retsepti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koʻplab retseptlarda uchraydigan asosiy masalliqlar quyidagilardir:
- Rim salati barglari
- Zaytun moyi
- Ezilgan sarimsoq
- Tuz
- Dijon xantali
- Qora murch
- Limon sharbati
- Vorchestershir sousi
- Anchovy (yoki sardina)
- Butun tuxum yoki tuxum sarigʻi – xom, yumshoq pishirilgan yoki issiq suvda qaynatilgan holda
- Qirgʻichdan oʻtkazilgan Parmezan pishlogʻi
- Quritilgan yoki qovurilgan non boʻlakchalari
Baʼzida grilda pishirilgan tovuq goʻshti bilan bezatiladi. Shuningdek, salatning turli uslublarida barg turi oʻzgartiriladi, tovuq yoki dudlangan goʻsht (masalan, bekon) qoʻshiladi yoki anchovy va tuxum kabi ingredientlar butunlay chiqarib tashlanadi[12][13].
Tixuanadagi asl Caesar’s restorani hozirgi retseptida laym sharbati ishlatadi, biroq zamonaviy retseptlarning aksariyatida limon sharbati yoki sirkadan foydalaniladi.
Baʼzi oshpazlar esa Sezar salati nomining mashhurligidan foydalanib, bu taomning umami, yogʻ va tuz taʼmini saqlagan holda, asl retseptga uncha oʻxshamaydigan yangi, tajribaviy variantlarini yaratadi[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Burke, David; Choate, Judith „Caesar salad“, . David Burke's New American Classics. Knopf Doubleday Publishing Group, 2009 — 67-bet. ISBN 978-0-307-51943-6.
- ↑ Cesar Cardini, Creator of Salad, Dies at 60. Los Angeles Times (1956-yil 5-noyabr). „Caesar Cardini, 60, credited with the invention of the Caesar salad, died [...]“.
- ↑ „Rosa Cardini“. The Telegraph (2003-yil 21-sentyabr). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-fevral.
- ↑ Ryan, Patrick Spaulding „Una Corrida Extraordinaria“. SSRN (2022-yil 31-dekabr).
- ↑ Jinich, Pati „The Century-Long Saga of the Caesar Salad“. The New York Times (2024-yil 1-iyul). Qaraldi: 2024-yil 1-dekabr.
- ↑ Birrell, Nicki. „Caesar Centenary: What's the story behind the famous salad?“. The New Zealand Herald (2024-yil 4-iyul). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
- ↑ O'Conner, Patricia T; Kellerman, Stewart. Origins of the Specious: Myths and Misconceptions of the English Language. New York: Random House, 2009 — 75-bet. ISBN 978-1-4000-6660-5.
- ↑ Gritzer, Daniel „The Best Caesar Salad Dressings | Taste Test“ (en). Serious Eats (2023-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 8-may.
- ↑ Denton, Korey „12 Best Grocery Store Caesar Dressings, Ranked Worst To Best“. Mashed (2023-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 8-may.
- ↑ „Serial numbers 73426710 "Cardini's", registered 1983 by Caesar Cardini Foods“. United States Patent and Trademark Office. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
- ↑ „Serial numbers 73782270 "The Original Caesar Dressing" and "Caesar Cardini's", registered 1989 by Dolefam Corporation, which later merged with T. Marzetti“. United States Patent and Trademark Office. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
- ↑ „Caesar Salad“. Credo Reference. Encyclopedia of American Foods. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
- ↑ Gora, L. Sasha „The surprising truth about Caesar salad“. BBC (2019-yil 22-may). 2021-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-aprel.
- ↑ Cushing, Ellen „Something Weird Is Happening With Caesar Salads“ (en). The Atlantic (2024-yil 17-aprel). Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Greenfield, Terry D.. In Search of Caesar: The Ultimate Caesar Salad Book. Alexander Books, 1996. ISBN 978-1-57090-014-3.
- Mariani, John F.. The Dictionary of American Food and Drink. Book Sales, 1985. ISBN 978-0-89919-199-7.
- Stradley, Linda; Cook, Andra. What's Cooking America. Chehalem Publishing, 1997. ISBN 978-1-885221-55-1.
- Trager, James. The Food Chronology: A Food Lover's Compendium of Events and Anecdotes, from Prehistory to the Present. Henry Holt and Company, 1995. ISBN 978-0-8050-3389-2.
- Van Dyk, Garritt C. „No croutons, no anchovies, no bacon: the 100-year-old Mexican origins of the Caesar salad“. The Conversation (2024-yil 3-iyul). Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.