Seyyid Hasan posho
Seyyid Hasan posho (1748-yilda vafot etgan) – 18-asrda xizmat qilgan Usmoniylar imperiyasi sadr vaziri.
Posho hozirgi Turkiyaning Tokat viloyatiga qarashli Reşadiye shahridan boʻlgan. Kelib chiqishi turk. Istanbulda yanicharlar korpusida xizmat qilgan. Bir necha marta lavozimi koʻtarilgach, 1739-yilda armiyadagi eng yuqori unvon yanicharlar ogʻasi lavozimiga tayinlangan. Oʻsha yili u Grocka jangida qatnashib, oʻzini iqtidorli sarkarda va jangchi sifatida namoyon etgan. 3 yildan soʻng, 1742-yil 4-oktyabrda bosh vazir lavozimiga tayinlangan. Garchi posho deyarli 4 yil davomida bu lavozimda xizmat qilgan boʻlsa-da, fuqarolik boshqaruvi ishlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bora olmagan va 1746-yil 10-avgustda sulton tomonidan lavozimidan ozod etilgan. Biroq koʻplab sobiq buyuk vazirlar singari u ham Usmoniylar imperiyasining turli hududlarida hokim sifatida xizmat qilishni davom ettirgan, Rodos oroli (hozirgi Yunoniston), İçel (hozirgi Mersin viloyati, Turkiya) va Diyorbakir viloyatlari hokimi boʻlgan. Seyyid Hasan posho 1748-yil dekabr oyida vafot etgan[1].
Uning oʻgʻli Seyyid Abdulloh posho Hasan poshodan keyin bir muddat sadr vazir lavozimida xizmat qilgan[2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Siyosiy idoralar | ||
|---|---|---|
| Oʻtmishdoshi: Hekimoğlu Ali posho |
Usmoniylar imperiyasi bosh vaziri 1742-yil 4-oktyabr – 1746-yil 10-avgust |
Vorisi: Tiryaki Hacı Mehmed posho |
- ↑ Ayhan Buz: Osmanlı Sdarazamları, Neden Kitap, İstanbul,2009, ISBN 978-975-254-278-5 p.232
- ↑ Mehmet Süreyya (1996), Nuri Akbayar; Seyit A. Kahraman (muh.), Sicill-i Osmanî (turk), Beşiktaş, Istanbul: Türkiye Kültür Bakanlığı and Türkiye Ekonomik ve Toplumsal Tarih Vakfı, 80-bet, ISBN 9789753330411