Seym
Qiyofa
| Seym | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 748 |
| Maydoni | 27 500 km² |
| Suv sarfi | m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Rossiya, Ukraina |
| Seym | |
Seym (ukraincha: Сейм) — Rossiya Federatsiyasi Kursk viloyati va Ukrainaning Sumi va Chernigov viloyatlaridagi daryo. Desna daryosining chap irmogʻi. (Dnepr havzasi). Uzunligi 748 km, havzasining maydoni 27,5 ming km². Oʻrta Rossiya qirlaridan boshlanadi. Keng vodiy boʻylab yoyilib oqadi. Asosan, qordan toʻyinadi. noyabr—dekabr oxirlarida muzlab, mart — aprelda muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi (quyilish yeridan 105 km yuqorida). Quyi oqimida kemalar qatnaydi. Seym sohilida Kursk, Lgov, Rilsk, Putivl shaharlari joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |