Reyimbay Seyitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Seyitov Reyimbaydan yoʻnaltirildi)

Reyimbay Seyitov (1915, Qoʻngʻirot shahri) — qoraqalpoq aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1957). 1936-yil kolxoz teatrida, 1944–92 yillar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida ishlagan. "Kim toʻgʻri" (Qosimjon), "Arshin mol olon" (Sultonbek, Asker), "Bogʻdagul" (Shamshit boʻlis), "Qora yuraklar" (Davlatnazarboy), "Aldar koʻsa" (Saksen), "Gʻarib oshiq" (Gʻarib, Azberxoʻja), "Alpomish" (Alpomish), "Suymaganga suykanma" (Koʻshkinboy), "Oltin koʻl" (Tursunali), "Yurak sirlari" (Sattor), "Ogʻriq tishlar" (Zargarov), "Oʻgʻirlangan baxt" (Mixaylo Gurman), "Berdaq" (Ernazar olakoʻz), "Talvas" (Izbosgan domla), "Qoraqalpoq qizi" (Tojim), "Ahmoq podsho" (podsho), "Soʻna" (Montanello) kabi spektakllardagi rangbarang obrazlari bilan tanildi. Seyitov izlanuvchan, serqirra aktyor boʻlib, u sof drama janridagi spektakllarda ham, musiqali drama janridagi spektakllarda ham bir xil ijod qilgan. Uning qahramonlari ichki hissiyotlarga boyligi, turli harakterdagi rollarni meʼyoriga yetkazib ijro etishi bilan shuhrat topdi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1969). "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1991).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Seyitov Reyimbay" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil